02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 02:10
Jamiyat 👁 124

“Hokim va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

 “Hokim va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning sifatli taʼlim olishi, sport va boshqa yoʻnalishlarda isteʼdodini namoyon etishi, jamiyatda munosib oʻrnini topishi uchun gʻamxoʻrlik tobora kuchaytirilmoqda. Chunki farovon hayot – mukammal tarbiyadan boshlanadi. Shu boisdan yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish doimo davlatimizning ustuvor maqsad-vazifalaridan boʻlib kelmoqda.

Tumanimizda ham bu borada koʻpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 20-yanvarida tumanimizdagi 82-sonli maktab faollar xonasida tumanimiz yoshlari bandligini taʼminlash, muammo va takliflarini oʻrganish, ularni qoʻllab-quvvatlash ham munosib shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov va tumandagi idora va tashkilotlar rahbarlari, faol va turli murojaat, muammolari bor 48 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va yoshlarni yigʻilish kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi va tumanimizda yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari, oʻqib, ilm olib mutaxassislik va kasb-hunar egallashlari, yuksak axloqiy fazilatlar va chuqur bilim bilan qurollanib, yurtimiz farovonligi yoʻlida mehnat qilishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, hayotda oʻz oʻrnini topishga daʼvat etdi, yurt koriga yaraydigan, yurtini, oilasini qadrlaydigan yoshlardan ota-onasi ham, Vatan ham rozi boʻlishini taʼkidladi.

Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov soʻzga chiqib, ilm-maʼrifatning inson hayotidagi oʻrniga toʻxtaldi va yoshlarni dunyo tamadduduniga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning bebaho maʼnaviy merosini chuqur oʻrganib, bugungi shiddatkor davrning munosib vakillari boʻlishi lozimligini aytdi.

Shundan soʻng yoshlarning takliflari, muammolari tinglandi. Mangʻit shahrining Oybek mahallasida istiqomat qiluvchi Marhabo Abdukarimova zamonaviy tikuv mashinasi olishda, Iroda Erdosheva haydovchilar tayyorlash kursida oʻqishga subsidiya soʻrab, Otabek Qodirov oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishda yordam soʻrab, Gulzor mahallasida yashovchi Nurbek Yoʻldoshev, Nodirbek Gulmirzayevlar chorvachilik yoʻnalishi boʻyicha imtiyozli kredit olishda yordam soʻrab murojaat qildilar.

Uchrashuv yigʻilishida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni ijobiy hal qilish yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuv yigʻilishida ishtirok etgan yoshlar oʻzlariga qaratilayotgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini bayon etdilar.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026