02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:16
Jamiyat 👁 440

PREZIDENT QARORI SUD HIMOYaSINI MUSTAHKAMLAShGA XIZMAT QILADI

PREZIDENT QARORI SUD HIMOYaSINI MUSTAHKAMLAShGA XIZMAT QILADI

Mamlakatimizda sud hokimiyatining haqiqiy maʼnodagi mustaqilligini taʼminlash, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash va odil sudlovni amalga oshirish, xalqning odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Islohatlar natijasida maʼmuriy sudlarning ochilishi muxim qadam boʻlib, oldin Oʻzbekiston sud tizimida mavjud boʻlmagan fuqarolarning va yuridik shaxslarning davlat boshqaruv organlari, idoraviy normativ hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish, bir soʻz bilan aytganda, fuqarolar maʼmuriy organlar qarorlarining qonuniyligi yuzasidan nizolashadigan boʻldi. Maʼmuriy sudlar tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini buzuvchi maʼmuriy organlar qarorlarini haqiqiy emas deb, maʼmuriy organlar mansabdor shaxslarining xatti harakatlarini qonunga xilof deb topilib kelindi.
Prezidentimizning «Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi» PQ-107-sonli qarori qabul kilinishi maʼmuriy sudlar faoliyatini mustahkamlovchi muhim hujjat boʻldi.
Qarorning qabul qilinishi bilan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqbuzuvchi maʼmuriy organlarning hujjatlari haqiqiy emas deb, maʼmuriy organ mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topib gina qolinmasdan, mazkur qaror, xatti-harakat (harakatsizlik) oqibatida buzilgan huquqlar qonunda belgilangan barcha usullarda tiklanadi. Shu maqsadda huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subʼektiga ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizo bilan birga uning oqibatida kelib chiqqan zararni undirish talabi bilan ham maʼmuriy sudga taqdim etishi va bunday talablarni koʻrib chiqish maʼmuriy sudlar vakolatiga oʻtkaziladi.
Shuningdek, qarorda maʼmuriy sud ishlarini yuritish  «sudning faol ishtiroki» tamoyili asosida amalga oshirilishi, yaʼni maʼmuriy sudlar ishning haqiqiy holatlarni aniqlash uchun oʻz tashabbusi bilan dalillarni yigʻish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan tarafning esa dalillarni yigʻishda imkoniyat darajasida ishtirok etishiga sharoit yaratishi belgilangan. Bundan maʼmuriy organlarga oʻz qarorlarining, mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarining qonuniyligini isbotlab berish majburiyatini yuklanadi.
Sud qarorlari oʻzining ijrosi bilan ahamiyatlidir. Lekin  amaliyotda maʼmuriy organlar tomonidan hamma vaqt ham sud qarorlarining ijrosini toʻliq taʼminlamayotganligi koʻplab fuqarolar va tadbirkorlarning noroziliklarini keltirib chiqarmoqda. Prezidentimiz qarori bilan maʼmuriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda ularga taʼsir chorasi sifatida sud jarimalarini qoʻllash, davlat organlari  yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan dastlab qoʻllanilgan sud jarimasini oshirilgan miqdorda qoʻllanishi muammoning yechimi boʻladi. Natijada fuqarolar va tadbikorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash haqidagi sud qarorlarining toʻliq ijro qilinishiga erishiladi.
 Xulosa oʻrnida aytish joizki,  davlatimiz rahbarining qarori maʼmuriy sudlarning bugungi demokratik jamiyatda inson qadrining ulugʻlanishida oʻrni ahamiyatlidir. Sudlar tomonidan qonunda belgilangan barcha usullardan foydalanib fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining barcha huquqlarining himoya qilinibgina qolmasdan, toʻliq tiklanishini kafolatlovchi muhim hujjat boʻlib xizmat qiladi.  

R.Xudayberganova,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026