02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:39
Jamiyat 👁 216

56-sonli maktabda davra suhbati oʻtkazildi

56-sonli maktabda davra suhbati oʻtkazildi

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasining kalendar rejasi boʻyicha joylarda adabiy-badiiy uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazilib kelinmoqda. Ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlarida, maktablarda va boshqa jamoat joylarida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirishga oid masalalar muhokama qilinmoqda.

Ayniqsa “Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoshlarni zararli illatlar va turli illatlardan himoya qilishda ota-onalar va mahallaning oʻrni”, “Yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, shu orqali ularni giyohvandlik, axloqsizlik va zararli taʼsirlardan himoya qilish”, “Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish” mavzularidagi suhbatlar barchada birdek qiziqish uygʻotmoqda.

Bu davra suhbatlarida mahalla faollari, imomlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, shifokorlar, ijodkorlarning ishtirok etishi olib borilayotgan tushuntirish ishlarining yanada samarali boʻlishiga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda.

Tashkilot tomonidan navbatdagi davra suhbati Mangʻit shahridagi Durunki mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazildi.

“Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoshlarni zararli illatlar va turli axloqsizliklardan himoya qilishda ota-onalar va mahallaning oʻrni” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida mahalla faollari, imomlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, 56-sonli umumtaʼlim maktabining oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbatini Durunki mahalla fuqarolar yigʻini raisi Shuhrat Jumaniyozov kirish soʻzi bilan ochdi hamda mahalla hududida yoshlar tarbiyasiga oid olib borilayotgan ishlar, yoshlar orasida bandligini taʼminlash, ularga har tomonlama moddiy va maʼnaviy yordamlar koʻrsatilayotgani haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimov oʻz soʻzida tashkilot tomonidan eʼlon qilingan grant loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati, loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar va ulardan kutilayotgan natijalar haqida soʻz yuritdi. Loyihaning asosiy vazifasi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, tumanimizdagi ijodkor yoshlarga keng imkoniyatlar yoʻlini ochib berish uchun tumanimizda barcha sharoitlar mavjud. Tumanda “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari, amunews.uz veb-sayti hamda Amudaryo televideniyesi muntazam ravishda ijodkor yoshlarni elga tanitib kelmoqda. Bundan tashqari “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi qoshidagi nashriyotda ikki yildan buyon tumanimiz ijodkorlarining kitoblari chop etilmoqda.

Faxriy jurnalist Allambergan Jumaniyozov ham oʻz soʻzida yosh ijodkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib oʻtdi.

Durunki mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori Jaqsiliq Ataniyazov mahallada osoyishtaligini saqlash, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirib, barchani osoyishtalikni saqlashda faol boʻlishga chaqirdi.

Mahalla hududida yaqinda ish boshlagan hokim yordamchisi Sarvarbek Komiljonov yoshlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash borasidagi ish rejalari bilan barchani tanishtirdi. Yigʻilganlar oʻzilarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar.

Oʻrozali Reimov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026