02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:18
Jamiyat 👁 372

BAYNALMILAL JANGChILAR VA TAʼLIM FAXRIYSI TAQDIRLANDI

BAYNALMILAL JANGChILAR VA TAʼLIM FAXRIYSI TAQDIRLANDI

Mamlakatimizda sobiq baynalmilal jangchilarni birlashtirish, sogʻligʻini tiklash, ularni tibbiy reabilitatsiya qilish maqsadida “Veteran” jangchi – faxriy va nogironlari birlashmasi hamda uning hududiy boʻlimlari faoliyat olib bormoqda. Birlashma tomonidan afgʻon urushida halok boʻlganlar nomi Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar qatori “Xotir kitobi”ga kiritilayapti, oilalariga ijtimoiy yordamlar berilayapti.

Bizning yurtimizdagi boʻlgani kabi boshqa respublikalarda ham baynalmilal jangchilarni qoʻllab-quvvatlaydigan jamoat tashkilotlari mavjud.

Shu yilning 3-yanvarida Belorussiyada faoliyat yuritayotgan Polotsskiy baynalmilal-jangchi faxriylar jamoat tashkiloti oʻzining baynalmilal burchini sidqidildan ado etgan, faxriy jangchilarni qoʻllab-quvvatlashga munosib hissa qoʻshayotgan tumanimizning uch nafar sobiq afgʻon urushi qatnashchilarini ikkinchi darajali “Xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlagan edi.

Shu yilning 8-fevral kuni medallar oʻz egalariga – Mangʻit shahrining Gulzor mahallasida yashovchi Abdugʻaniy Muxanov, Boʻston mahallasida yashovchi Shavkat Saitboyev va 31-sonli maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Oybek Shomurodovlarga tantanali ravishda topshirildi.

Medallarni Oʻzbekiston “Veteran” jangchi – faxriy va nogironlari birlashmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov bir guruh sobiq afgʻonchi jangchilar hamrohligida taqdirlanganlarning xonadonlariga olib borib, tantanali ravishda topshirdi.

15-fevral – sovet armiyasi afgʻon tuprogʻidan olib chiqilgan kun arafasidagi bu xushxabar baynalmilal jangchilarga ulkan quvonch baxsh etdi.

Belorussiyada faoliyat yuritayotgan shu tashkilot mamlakatimizning uch nafar oʻqituvchilarini yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalashdagi ishtiroki uchun Faxriy yorliq va Aleksandr Nevskiy medali bilan ham taqdirlagan. Ular orasida uzoq yillar 30-sonli maktabda yoshlarga taʼlim-tarbiya bergan, shu maktabga rahbarlik qilgan, taʼlim faxriysi Valentina Petrovna Kuznetsova ham bor.

Onaxonga medalni topshirish marosimi uning oilasidagilarga ham, baynalmilal jangchilarga ham ulkan xursandchilik baxsh etdi.

1979-yildan 1989-yilgacha afgʻon zaminida mavjud tuzumga qarshi chiqqan muxolifatning qurollangan tuzilmalariga qarshi kechgan janglarda sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalarda harbiy xizmat burchini oʻtayotgan yigitlar ham safarbar etilgan edi.

Hududda sovet qoʻshinlarining cheklangan kontingenti tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Afgʻoniston hukumati bilan dunyoning bir qator yetakchi davlatlarining moliyaviy koʻmagidan foydalangan afgʻon mujohidlarining koʻp sonli tuzilmalari oʻrtasida 10-yildan ortiq davom etgan urushda sobiq ittifoq respublikalarining oʻn minglab zabardast oʻgʻlonlari halok boʻldi, omon qaytganlarining ham ayrimlari urushda olgan jarohatlari tufayli erta olamdan oʻtdi.

Biz bilan hamnafas yashayotgan sobiq afgʻonchi jangchilar bilan hamsuhbat boʻlsangiz – urush asoratlari ularning ham sogʻlom, bardam va tetik boʻlib yashashiga salbiy taʼsir qilayotganini aytishadi. Biroq ular davr taqozosiga koʻra, burchlarini ado etganlaridan afsuslanmaydi.

Vaqtlar oʻtaverar, el-yurt uchun qilingan xizmatlar esa hech qachon oʻz qadrini yoʻqotmaydi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026