02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:16
Jamiyat 👁 407

BESh MILLATLI AHIL OILA

BESh MILLATLI AHIL OILA

18 yoshida Turkmaniston davlatidan taqdir taqozosiga koʻra koʻchib kelib, shu yerda oʻtirimli boʻlib qolib, Oʻdaboy turkman nomi bilan tanilgan, odamoxun, kamtarin va xushfeʼl insonni, garchi u dunyodan oʻtib ketganiga ancha yillar boʻlgan boʻlsa-da, mangʻitliklar juda yaxshi eslashadi. Bir umr Mangʻit paxta tozalash zavodida masʼul lavozimlarda ishlagan Oʻdaboy Oʻtaboyev oʻzbek qizi Bibisora Xolmurodova bilan oila qurib, uch qiz, bir oʻgʻil koʻrishdi, mangʻitliklar bilan yaqin qoʻshnichilik, bordi-keldi qilib, elda aziz, eʼtiborli boʻldi. Oʻgʻlini, qizlarini turli oliygohlarda oʻqitib, yetuk mutaxassislar qilib voyaga yetkazdi.

Dunyodan oʻtib ketgan Oʻdaboy ota, Bibisora onalarning oila qoʻrgʻonini bugungi kunda avlodlari obod, nurafshon qilib, ulardek bagʻrikeng, chor-atrofidagilar bilan doʻst-birodar boʻlib yashab kelishayapti. Ularning yolgʻiz oʻgʻillari (Xudo rahmat qilsin!) Rahimboy Oʻtaboyev ota-ona roziligi bilan ular hayot vaqtlarida onasi rus, otasi oʻzbek qiz bilan, qizlari Momojon Oʻtaboyeva esa qozoq millatiga mansub, Shukurjon oʻzbek millatiga mansub yigitlar bilan turmush qurishib, ahil oila bunyod etishgan. Hammalarining oila qoʻrgʻoni mustahkam, ularda dunyoga kelgan farzandlar ham havas qilsa arzugulik boʻlib kamolga yetishmoqda.

Rahimboy Oʻtaboyev ham bir umr ayoli bilan sen-menga bormay, farzandlariga namuna boʻldi, ota izini bosib, uzoq yillar Mangʻit paxta tozalash  zavodida mehnat qildi. Hozirgi kunda u kishining  uch oʻgʻil, ikki qizi ham turli millat vakillari bilan oila qurib, shu elda tomir yoygan.

Chordara mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash masalalari boʻyicha tuman hokimi  yordamchisi Shokir Ahmedov, mahalla fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari Bogʻdagul Irzayevalar ushbu ulkan oilaga tez-tez tashrif buyurishib, holidan xabar olib turishadi, oila aʼzolarining mehnatsevarligidan, oʻz mehnatlari bilan turmushlarini yanada obod va fayzli qilishayotganidan xursand boʻlishadi, barchaga ularni ibrat qilib koʻrsatishadi.

Ota-ona chirogʻini yoqib oʻtirgan Rahimboy Oʻtaboyevning kichik oʻgʻli Botir ammalari Shukurjon, Momojon, Tozagul opalar, akalari Bahodir, Baxtiyorlar va opa-singillari, barcha qarindoshlari bilan mehr-oqibatliligi, gʻamxoʻrligi bilan, oiladagi ota-ona tutumlarini davom ettirib kelayotgani bilan hurmat qozongan. Tugʻishganlar yigʻilishib kelishganida barchasini ulgʻaytirgan beshik - ota hovlida goʻyo bayram boʻlib ketadi. Diydor quvonchidan koʻngillari toʻlib, oʻtganlar xotirasini eslashadi.

Hozirgi kunda Oʻdaboy ota, Bibisora onaning kenja farzandi Tozagul jiyani Botir bilan yakka tadbirkor sifatida uyida non pishirish mini tsexini oʻrnatgan. Oila aʼzolari birgalikda tayyorlayotgan shirmoy, xushtaʼmli non, non mahsulotlarini doʻkonidan, uyidan ulgurji olib ketadiganlar ham koʻp. Asosan toʻy, maʼraka berayotganlarning buyurtmasiga qarab, non yopib berishadi, mehnatlari barakali. Ular oʻzbek zaminida hech kimdan kam boʻlmay  oʻsib-ulgʻayishganidan, oʻqib mutaxassislik, kasb-kor egallab, mehnatlari mahsulidan el bahramand boʻlayotganidan, elning olqishini olayotganidan xursand.

– Dunyoning turli hududlarida boʻlayotgan talotoʻplar, urush-nizolar, notinchliklar haqida oʻqiganimda, eshitganimda juda azoblanaman, tonglari osuda, tinch-osoyishta, turli millat vakillari teng huquqli, baxtiyor yurtda tugʻilganimga shukronalar aytaman, - deydi Shukurjon opa Oʻtaboyeva.

Ha, opa aytganlariday, shu Vatan koʻpmillatli xalqimizning umumiy uyi. Har birining huquqi, erki, imkoniyatlari teng. Oʻdaboy ota, Bibisora onalarning oilasida 5 millat vakillari tinch-osuda, baxtiyor yashashayotgan boʻlsa, ona Oʻzbekistonimizda 130 dan ziyod millat vakillari oʻz hayotlaridan rozi boʻlib yashashmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026