SUD MAJLISIDA MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATIShGA DOIR ISh KOʻRILDI
Qonunga koʻra, sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan, har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi. Maʼmuriy nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sud qarori asosida muayyan maʼmuriy cheklovlar qoʻllaniladi.
Yaqinda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi binosida sud majlisi oʻtkazildi. Unda “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish tugʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talabidan kelib chiqib, tuman Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasida hisobda turgan 4 nafar muqaddam sudlangan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi taqdimnomalariga asosan ish materiallari koʻrib chiqildi.
Sud majlisida Jinoiy ishlar boʻyicha tuman sudi masʼullari, tuman Ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi Orifjon Qosimov, profilaktika inspektorlari hamda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar ishtirok etdilar.
Maʼmuriy nazorat oʻrnatishdan maqsad, tumanimizda jinoyatchilikning oldini olish va qayta huquqbuzarliklar sodir etilishini kamaytirish, nazoratdagi shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazib, ular tomonidan takroran jinoyat sodir qilinishining oldini olish hisoblanadi.
Maʼmuriy nazorat bu sud tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga qoʻllaniladigan cheklovlardan iborat tarbiyaviy taʼsir chorasidir. Maʼmuriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organining taqdimnomasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakilining arizasiga, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining iltimosnomasiga binoan nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi va xulq-atvori haqidagi maʼlumotlar inobatga olingan holda qisman bekor qilinadi.
Sud majlisida maʼmuriy nazorat oʻrnatishning shu kabi tartiblari, belgilanadigan cheklovlar tanishtirib oʻtildi. Shuningdek, maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan 4 nafar shaxsga yashash joyidan tashqarida boʻlish, muayyan joylarda boʻlish, sud belgilagan hududdan ichki ishlar organining ruxsatisiz chiqish, alkogolli ichimliklar ichish taʼqiqlanishi, roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha ichki ishlar organiga kelishi kerakligi, nazorat qoidalari buzilgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi tushuntirildi.
Bundan tashqari sud davomida 7 nafar shaxsga huquqbuzarlik sodir qilgani uchun jarima jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.
Tumanimizda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik va targʻibot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tuman Ichki ishlar boʻlimi huqubuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inpektor-psixologlari tomonidan oʻquv muassasalari va koʻngilochar joylarda targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Bu kabi chora-tadbirlar tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olib, kamayishini taʼminlamoqda.
J.Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.
O.Qosimov, tuman IIB HPB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶