ŞAHIDLARNI YÖQLANG DUODA
(Afğon uruşi qatnaşçilariga).
Afğon elda qolganlar haqqi,
Mangu qönim topganlar haqqi.
Bağri qonga tölganlar haqqi,
Bir qiz quçmay ölganlar haqqi,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Orzulari osmonça bölib,
Baynilminal burçim deb bilgan.
Özga yurtda jon taslim qilib,
Ön gulidan töqqizi sölgan,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Nolalari köklarga yetgan,
Köksi öyiq otalar haqqi.
Zor-zor yiğlab dunyodan ötgan,
Qaddi egik onalar haqqi,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Uy törida mixga ilingan,
Egasini kutar kemtik non.
Yurt jamoli nasib qilmagan,
Qasamyodga sodiq qolgan jon,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Daydi öq yeb qança qoraköz,
Tobutlarda kelişdi qaytib.
Istiqlolni körmadi afsus,
Poki ruhlarini şod etib,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Asabingiz buzişar baʼzan,
Nodon kaslar bujmaytib aftin.
Yoningizda,qatorda hamon,
Farzand suyib,körmadi baxtin,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Musofirlik qismati oğir,
Keçmişingiz taʼmlari taxir.
Uçratgandi alamli taqdir,
Yodda saqlab,döstlarni bir-bir,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Zavq,şavq ila yonardi közi,
Yoş edi u,navqiron yigit.
Aytolmadi eng sönggi sözin,
Yuragingiz kemirganda dard,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Bugun safda yurganingiz baxt,
Olovlarda sinadi hayot.
Dilingizda çandiq umrbod,
Yuz ögirdi ulardan omad,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Jangu jadallardan asorat,
Tört muçalda armonli qusur.
Qöl,oyoqda,közdagi illat,
Bersa hamki,tunu kun ozor,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Tub buriliş,özgardi zamon,
Hurlik keldi,ozoddir Vatan.
Noz neʼmatga töla dasturxon,
Ötgan kunlar qaytmas heç qaçon,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Tugamaydi dunyoning kami,
Şodon kulib yaşangiz har dam.
Unutgança taşvişu ğamni,
Tetik bölib töqson,yuzda ham,
Şahidlarni yöqlang duoda.
Ahmadxon Obidxon, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir, IIV faxriysi, isteʼfodagi podpolkovnik, Jizzax viloyati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶