Mustaqil yurt farzandiman
Erkin va obod yurtda, tinch va xotirjam hayot kechirish, goʻzal va betakror oʻlkaning begʻubor bagʻrida baxtli yashash inson koʻnglini toʻldirib, ijodga zavqini oshirib, xalqning obod turmushini, yurtning goʻzal jamolini gʻurur va iftixor bilan qalamga olishga undaydi.
Yurtimiz mustaqillikka erishganiga 23-yil toʻldi.
Bu kunlarga erishish yoʻlida xalqimiz qanchadan-qancha qiyinchiliklarni, mashaqqat-u uqubatlarni boshidan oʻtkazdi.
Mana bugun ana shu qiyinchiliklar ortda qolib, mamlakat obodonlashib, xalq turmushi kundan-kun yaxshilanib bormoqda.
Oilalari mustahkam, farzandlari sogʻlom, yoshlari bilimdon, ilmga chanqoq. Har ishda ilgʻor bunday yurt ertasi albatta buyuk boʻladi.
Yurtimiz koʻrkiga-koʻrk, husniga-husn qoʻshib koʻchalarni bezab, savlat toʻkib turgan yangi zamonaviy turar joylar, baland-baland binolar, yangi qulayliklarga ega oʻquv joylari kishini quvontirib, bagʻri dilini yayratadi. Keng va ravon yoʻllarni, koʻchalarni toʻldirib harakatlanayotgan mashinalar xalqimiz turmushi havas qilgudek ekanidan darak beradi.
Yurti obod, turmushi farovon xalq uchun bundan ortiq baxt, bundan ortiq boylik boʻlmasa kerak.
Men ana shunday Vatanda dunyoga kelganimdan faxrlanaman.
Yulduz Yusupova,
Melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶