QUTURISh – XAVFLI KASALLIK
Quturish – oʻtkir yuqumli zoonoz kasallik boʻlib, markaziy nerv sistemasining zararlanishi bilan taʼriflanadi.
Quturish kasalligi qadim zamonlardan beri maʼlum. Uning qoʻzgʻatuvchisi ney-rotrop virus boʻlib, u quturgan hayvonning soʻlagida boʻladi, tashqi muhitda uzoq saqlana olmaydi.
Infektsiya manbai quturgan itlar, mushuklar, boʻrilar, tulkilar, boʻrsiqlar va boshqa hayvonlardir. Kamdan-kam hollarda kasallik quyonlardan, kalamush va sichqonlardan yuqishi mumkin. Itning soʻlagida virus quturish belgilari maʼlum boʻlishidan 7-10 kun ilgari paydo boʻla boshlaydi. Quturish kasalligi yuqishi uchun itning odamni tishlashi shart emas, uning soʻlagi odam terisidagi shilingan yoki tirnalgan joyiga tushsa ham kasallik yuqadi. Quturish yoz-kuz oylarida koʻproq uchraydi, odam boshi va yuzining tishlanishi oyoq-qoʻllar tishlanishiga qaraganda ancha xavfli. Itning kiyim-kechak ustidan odamni tishlashi ham xatarli.
Yaralangan odam terisiga tushgan it soʻlagidagi virus nerv tolalari boʻylab, bosh va orqa miyaga yetib boradi va ularda koʻpayib, chuqur oʻzgarishlar yuz berishiga sabab boʻladi. Ayniqsa, adashgan nerv – tomoq-til nervi va til osti nervlarining yadrolari koʻproq zararlanadi. Yutish va nafasda qatnashadigan muskullarning tortishib qisqarish, talvasaga tushib, tirishish, qattiq terlash va soʻlak oqishi ana shu nervlarning zararlanishiga bogʻliq.
Odamni it yoki boshqa hayvon tishlagani, gidrofobiya, aerofobiya borligi, nafasning tartibsiz boʻlishi va vaqti-vaqti bilan chuqur-chuqur nafas olishi kabi belgilar quturish diagnozi uchun juda muhim. Lekin qoqsholdan, atropindan zaharlanish holatidan farqlay olish kerak. Quturishning davosi yoʻq. Profilaktikasi – hayvonlarga qarshi kurash, daydi itlarni yoʻqotishdir. Faqatgina it tishlagan odamlarni oʻz vaqtida ehtiyotdan emlash orqaligina hayotini saqlab qolish mumkin.
A.YoVBASAROV, tuman SEO va JS boʻlimi shifokor-epidemiologi.
B.TAJIBOYeV, tuman FVB xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶