01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 20:30
Jamiyat 👁 387

BOGʻ MAHALLASIDA SUMALAK SAYLI BOShLANDI

BOGʻ MAHALLASIDA SUMALAK SAYLI BOShLANDI

Qish izgʻirinlari chekinib, oʻlkamizda fasllar kelinchagi bahor hukmronligi boshlandi. Chor-atrofda hali qish manzaralari saqlanib turgan boʻlsa ham, fasllar sarvari koʻklamni – yasharish, yangilanish lahzalarini intiq kutgan koʻngillarga bahoriy joʻshqinlik indi.

Tumanimizning “Bogʻ” mahallasi “Zamon” koʻchasi aholisi ham koʻklamni zoʻr shodiyonalar bilan qarshi oldi. Koʻchada istiqomat qiluvchi 15 xonadonning yoshi ulugʻlari kengashib, har yilgi anʼanalariga koʻra sumalak qaynatishdi.

Ushbu xonadonlarda istiqomat qiluvchilar har yili koʻklamda oʻzaro ahillikda, birgalikda sumalak qaynatishadi. Bu safar ham yoshi ulugʻ onaxonlar bugʻdoyni elab, saralab, yuvib-tozalab undirishdi. Bugʻdoy yaxshi unishi uchun nim qorongʻi, iliq xonada saqlab, tez-tez suv sepib turishdi. Garchi bu ishni har yili bajarib yurishgan boʻlsa-da, bugʻdoy donlari nish ura boshlaganda onaxonlar bunday jarayonni xuddi ilk bora koʻrayotganday oʻzlarida yoʻq quvonishdi. Bir tekis unib chiqqan maysalar yashillik kasb etgach, bahorga yetganlariga shukronalar aytib, el-yurtimizga tinchlik-omonlik tilab, sumalak qaynatishni boshladilar. Ulkan qozonlar shu koʻchadagi bagʻrikeng insonlar xonadoni – 13-uyga oʻrnatildi.

Sumalak qaynatish jarayonidagi barcha yumushlarni keksa onaxonlar – faxriy oʻqituvchi Gulora Xidirova, Zamira Sobirovalar yoʻl-yoʻriqlariga koʻra yoshlar ado etishdi. Bugʻdoy maysasini kelida tuyish, shirasini siqib olib, qozonga solish, oʻtin yoqish ishlarini koʻcha yoshlari – kelinlar, qizlar, yigitlar bajarishdi.

Marosimda mahallaning xushovoz oʻgʻloni Xurshid Jangaboyev ijro qilgan shoʻx qoʻshiqlarga katta-yu kichik yayrab raqsga tushdilar. Onaxonlar aytgan xalq qoʻshiqlari, laparlar, aytishuvlar barchaga juda yuqori kayfiyat, qadimiy urf-odatlarimizga hurmat ruhini baxsh etdi.

Oʻrta Osiyo xalqlari tarixiga nazar solsak, koʻklamda sumalak pishirish odati 3 ming yillardan ortiq tarixga ega. Shunisi eʼtiborliki, bizning xalqimizning ham sumalak sayli bilan bogʻliq oʻziga xos udumlari, urf-odatlari va anʼanalari mavjud.

Oldinlari sumalak sayli keng adirlarda, ulkan maydonlarda oʻtkazilgan. Yigitlar oʻtin yorib, kuchliligini, qizlar suv tashib, bahoriy taomlar – koʻksomsalar pishirib, chaqqonligini, pazandaligini namoyish etishgan. Shuningdek, koʻpkari, uloq, kurash musobaqalari ham oʻtkazilgan. Qizlar-yigitlar aytishuvlari saylning eng hayajonli damlari boʻlgan. Aytishuvda qatnashishga eng ziyrak, soʻzga chechan yigit-qizlar tanlab olingan.

Sumalak pishirish uchun bugʻdoyni undirishda hozirgi kunda ham keksalar bosh boʻlishadi. Koʻklamga, sumalakka yetganlariga shukronalar aytib, el-yurtga omonlik tilashadi. Qaynatilgan sumalak kosalarda koʻpchilikka tarqatiladi. Odamlar koʻklamning xayrli, barakali kelishini tilab duolar qilib, bahoriy taomdan totadilar.

Buningdek urf-odatlar yoshlarimizga qadimiy anʼanalarimizni, xalqimiz tarixini hurmat qilishga undaydi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026