29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 01:42
Fan va taʼlim 👁 236

36-SONLI MAKTABDA NAFOSAT VA GOʻZALLIK BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

36-SONLI MAKTABDA NAFOSAT VA GOʻZALLIK BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Tarovatli bahor yurtimizga oʻz goʻzalliklari bilan birga bayramlarni ham boshlab keladi. Koʻklamning ilk kunida atoqli shoira Zulfiyaxonimning tavallud kuni nishonlansa, 8-martda nafosatli ayol-qizlar bayrami, shundan soʻng, Navroʻzi olam va boshqa bayramlar davom etadi. Ayniqsa, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etib, navbatdagi bayramlar tadoriklariga ulanib ketadi.

 7-mart kuni barcha hududlardagi kabi 36-sonli maktabda ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayram tadbiriga maktabda faoliyat olib borayotgan barcha ayollar va oʻquvchi-qizlar taklif etildi.

Tadbirni oʻquv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sarvar Qutlimurodov ochib berdi va asrlar davomida xalqimiz tomonidan onalarni, ayol-qizlarni eʼzozlash ezgu qadriyatlardan biri sifatida alohida qadrlanishini, mehr-oqibat va odamiylikning ilk saboqlari har birimizning yuragimizga ona allasi bilan kirib, hayot soʻqmogʻi va turmush darsi, oila totuvligi mehribon onalarimiz tarbiyasidan, opa-singillarimiz muhabbatidan boshlanishni taʼkidlab oʻtdi.

Undan tashqari, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan eʼtibor, koʻrsatilayotgan ehtirom va gʻamxoʻrliklar haqida gapirib, aynan taʼlim sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlari haqida ijobiy fikrlar aytib, munosabat bildirib oʻtdi. Shuningdek, shu maktabda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni ushbu bayram bilan chin yurakdan qutladi. Ularni goʻzallik va nafosat, samimiylik va bahor ayyomi bilan muborakbod etib, sogʻlik-salomatlik, oilaviy baxt va bahoriy goʻzallik tiladi.

Shundan soʻng, maktabning boshlangʻich sinflari oʻqituvchilari Nasiba Bobojonova, Saragul Yusupova, Malohat Rahimova, Barno Matsapoyeva, Barchinoy Xoʻjamurodova, Farida Saidova, Barno Ibodullayevalar tomonidan tashkil etilgan tadbirning badiiy-musiqiy qismi boshlandi.

Bahoriy gullar, bezaklar bilan bezatilgan sahnada oʻquvchilar ayol, onalarni ulugʻlovchi sheʼrlarni ifodali yod aytib berdilar. Shu mavzudagi qoʻshiqlar, dilrabo raqslar nafosat egalariga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Oʻquvchilar “Onajon”, “Qizaloq” qoʻshiqlarini aytib, “Bahor valsi”, “Doʻppi tikdim”, “Binafsha” raqslarini ijro etdilar. Ayniqsa, “Lazgi” va zamonaviy qoʻshiqlar raqslari barchaga juda manzur boʻldi.

Tadbir davomida boshlovchilik qilgan oʻquvchilar ham yurtimizda Prezidentimiz boshchiligida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlatimizning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangani, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, yangi marralar sari har sohada yetuk boʻlishlariga zamin yaratayotgani, buni ularning ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, sanʼat, adabiyot va boshqa sohalar rivojiga oʻz hissalarini qoʻshayotganliklari, yetakchilar qatoriga chiqayotganliklari misolida koʻrish mumkinligini eʼtirof etdilar. Shuningdek, oʻzlariga qadrli boʻlgan ustozlarga, maktab oʻquvchi-qizlariga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirib, bayram bilan tabrikladilar.

Shundan soʻng, yana diltortar kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, barchaga xushnudlik, bahoriy va bayramona kayfiyat ulashildi.

O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026