HOKIM YoRDAMChISI SAMARALI TARZDA FAOLIYaT OLIB BORMOQDA
Maʼlumki, joriy yilning 1-yanvaridan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etilgan edi. Eʼtiborli jihati shundaki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan taʼminlash uchun ajratiladigan subsidiyalar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida beriladi.
Amudaryo tumanining Tosh yop ovul fuqarolar yigʻiniga biriktirilgan hokim yordamchisi Faxriddin Yusupov ham oʻz mahallasida “xonadonbay” va “mahallabay” ishlash tizimini yoʻlga qoʻyib samarali tarzda faoliyat olib bormoqda.
Hokim yordamchisi tomonidan dastlab xatlov jarayonlari oʻtkazilib aholi 4 toifaga ajratib olindi. Birinchi toifa − daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar, ikkinchi toifa – doimiy daromadga ega, qoʻshimcha daromad topish istagidagi xonadonlar, uchinchi toifa – ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan xonadonlar, toʻrtinchi toifa – iqtisodiy ahvoli yaxshi va oʻziga toʻq xonadonlar.
Bundan tashqari, xatlov jarayonlarida ishga layoqatli ishsizlar, nogironligi bor fuqarolar, ehtiyojmand oilalar aniqlandi.
Hokim yordamchisi ish boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Lekin shunga qaramay uning koʻmagi bilan mahallada istiqomat qiluvchi 7 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Fuqarolardan Maxsud Qurbanbayev 30 mln miqdorda imtiyozli kredit olib 3 sotixlik issiqxona qurdi. Ushbu issiqxonada yetishtiriladigan poliz ekinlari mahalladoshlarini xavfsiz va tabiy mahsulotlar bilan taʼminlabgina qolmasdan oilasi uchun katta daromad manabiga ham aylanadi. Yana bir fuqaro, Sherali Yusupov ham qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻlishni niyat qilib, hokim yordamchisiga murojaat qildi. Murojaat tezda yechim topib fuqaroga motokultivator va ekinlarni oʻrin uskunasi olib berildi. Chorvachilik qilish istagidagi fuqarolardan Ravshan Atajanovga ham 16 mln imtiyozli kredit ajratilib 5 ta ona-bola qoʻylar olib berildi. Bundan tashqari, yana 4 nafar fuqaroga tadbirkorlikning turli yoʻnalishlarida faoliyatlarini tashkil etishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, bandligi taʼminlandi.
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash va tadbirkorlik obʼektlarini koʻpaytirish hokim yordamchilari oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Umirbek Artikbayev tomonidan mahalla hududida oziq-ovqat doʻkoni hamda umumiy ovqatlanish shaxobchasi ochilishi fuqarolar uchun qulayliklar yaratibgina qolmasdan, 4 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanishiga sabab boʻldi. Umirbek Artikbayev tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishida Faxriddin Yusupovning koʻrsatgan yordamlari eʼtirofga loyiq ekanligini taʼkidlab, unga minnaddorlik bildirmoqda.
Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar faqatgina aholi manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶