01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 22:51
Jamiyat 👁 288

ODAM SAVDOSIGA QARShI KURAShISh SOHASIDAGI MILLIY QONUNChILIK VA XALQARO HUQUQIY HUJJATLAR

ODAM SAVDOSIGA QARShI KURAShISh SOHASIDAGI MILLIY QONUNChILIK VA XALQARO HUQUQIY HUJJATLAR

Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri boʻlgan – ona tilimizga, milliyligimizga mutlaqo yot boʻlgan “odam savdosi” deb atalmish transmilliy jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda qator huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur jinoyat qullikka uxshash shakllarda sodir qilinadi. Bundan tashqari, ekspluatatsiya qilish, insonni “tovar” sifatida sotish, inson omillaridan foydalanish yuli bilan daromad orttirish bilan bogʻliqligi sababli uta havfli jinoyatning mazmun-mohiyatini kasb etadi. Shu qatorda bolalar savdosi odam savdosining bir koʻrinishi va bolalar savdosi jinoiy faoliyatning uta xavfli turidir.

Bolalar savdosi faqatgina Uzbekiston Respublikasining muammosi sifatida qarashimiz notugʻri, chunki hozirgi kunda odam savdosi, shu jumladan bolalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar kuplab mamlakatlarda tarqalib butun dunyo hamjamiyatini xavotirga solmoqda. Eng achinarlisi, bolalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatchilikning keng tarqalishiga: aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari – ishsiz yurgan fuqarolar, turmush hayotida kup qiyinchilikka uchragan ayollar va ota-onasining eʼtibori va qaramogʻidan chetda qolgan voyaga yetmagan shaxslarni uzlarining gʻarazli maqsadlarida foydalanayotganligidir.

Maʼlumki, milliy qonunchiligimizda, yaʼni Uzbekiston Respublikasi Oila Kodeksida har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish, ular bilan birga yashash, bola oʻz ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, oʻz manfaatlari taʼminlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqlari mustahkamlangan. Shuningdek, bolaning ota-onasi boʻlmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan taʼminlangan.

Shu qatorda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yilning 11-iyunida yangi tahrirda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi mamlakatimizda odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashishning milliy qonunchilik asoslarini mustahkamlab berdi. Mazkur Qonunning 30-,31- va 32-moddalarida, bolalarni tarbiyalash borasidagi oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, gʻayriijtimoiy hayot tarzini kechirayotgan oilalarni va davlat himoyasiga muhtoj bolalarni ularga yordam koʻrsatish maqsadida aniqlash, bolalar uylarining va tugʻuruq komplekslarining faoliyati monitoringi kabi voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasining oʻziga xos xususiyatlarini oʻz ichiga olgan.

Shuningdek, 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan Jinoyat Kodeksida ilk bor odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida bunday harakatlar uchun alohida modda bilan jinoiy javobgarlik belgilandi.
Uzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasida, odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish kabi harakatlar jumlasiga oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bulsa - sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi belgilangan. Shuningdek, xalqaro hamkorlikning ifodasi sifatida, odam savdosiga qarshi kurashish va uning oldini olish choralari kurish maqsadida Uzbekiston shu kunga qadar uttizdan ortiq xalqaro huquqiy hujjatga qushildi. Uzbekiston Respublikasi odam savdosiga qarshi kurash borasida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000-yil 20-mayda qabul qilingan “Bola huquqlari tugʻrisidagi konventsiyaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taaluqli Fakultativ protokol” xalqaro hujjatiga 2008-yil 11-dekabrdagi URQ-188-sonli Qonuni bilan qushildi. Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950-yil 21martida qabul qilingan “Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash tugʻrisida”gi Konventsiyaga 2003-yil 12-dekabrda qushilgan.

Hozirda odam savdosiga qarshi kurashish va uning oldini olish global ahamiyatni kasb etmoqda. Xalqaro ekspertlarning maʼlumotlariga kura, dunyo miqyosida har yili 4,5 milliondan ziyod kishi odam savdosi qurboni bulib, achinarlisi ular orasida 1,2 milliondan ziyodi bolalardir. Shu bois barcha davlatlarning uzaro hamkorligiga ehtiyoj tugʻilib, bu borada davlatlararo doirasida uzaro mustahkam hamkorlik urnatish ham kuchlarni birlashtirish taqazo etmoqda. Bu boradagi masala xalqaro milliy qonunchilik normalarida tartibga solinishi shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning samarali vositasi hisoblanadi.

B.Bekmuradov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026