29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 01:41
Fan va taʼlim 👁 442

11-SONLI MAKTABDA NAVROʻZ BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN SAYIL OʻTKAZILDI

11-SONLI MAKTABDA NAVROʻZ BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN SAYIL OʻTKAZILDI

Navroʻzi olam – yurtimizga bahor tarovatini, yangilanish, yosharish va xursandchilikni boshlab, insonlarni goʻzallikka, yaxshilikka, ezgulikka, mehr-oqibatga, xayru-saxovatga chorlab, qutlugʻ poyqadamlari bilan kirib keladi. Avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan, bebaho merosga aylangan Navroʻz bayrami har bir goʻsha-yu, elda nishonlanib, barcha insonlar ruhiga shodlik, quvonch ulashadi. Qadimdan bu bayram sharqona yangi yilning boshlanishi sifatida katta kengliklarda, adirlar-u dalalarda quvonchu-shodliklar bilan nishonlangan. Ona tabiat uygʻonayotgan pallada oʻtkazilgan bunday sayillar odamlarga beqiyos ruhiy va maʼnaviy quvvat bagʻishlagan.

12-mart kuni ushbu azaliy va abadiy, umumxalq bayrami munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 11-sonli maktabda ham katta sayil oʻtkazildi. Bayram tadbiriga yoshi ulugʻ insonlar, maktabda ishlab nafaqaga chiqqan ustozlar taklif etildi. Bayramona bezatilgan maktab hovlisidagi sayil tomoshasiga nafaqat oʻqituvchilar va oʻquvchilar, balki yaqin-atrofdagi aholi ham tashrif buyurdi.

Sayilda maktab oʻquvchilari rangli qogʻozlardan goʻzal gullarni yasashdi, daraxtlarni bezatishdi, maktab hovlisini turli bahoriy, Navroʻzga xos bezaklar bilan bezatishdi. Milliy va bahoriy taomlardan bayram dasturxonini ham tortiq etishdi. Maktab hovlisida katta doshqozon oʻrnatilib, hamjihatlikda bahoriy va milliy taom – goʻja pishirishga kirishildi. Bu ishlarga maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Erkinoy Shomurodova hamda psixologi Dilnoza Shomurodova bosh-qosh boʻldilar.

Maktab jamoasi birgalikda tashkil etgan mazkur bayram saylida musiqiy dastur namoyish etilib, yanada koʻtarinkilik baxsh etildi. Dasturni maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Munira Kamolova va matematika fani oʻqituvchisi Gʻafurjon Muhammadkarimovlar olib borishdi. Dastur doirasida har bir sinfning iqtidorli oʻquvchilari tomonidan tayyorlagan qoʻshiqlar, ajoyib milliy raqslar, turkiy xalqlarning bayramga xos urf-odatlaridan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Tadbirga fayz kiritgan musiqiy dastur barchaga birdek manzur boʻldi. Ayniqsa, adrasu-atlas liboslardagi qirq kokilli qizaloqlar, oq yaktag-u shoyi qiyiqchalardan belbogʻ taqqan, doʻppilar kiygan yigitchalarning jamoaviy raqslari koʻpchilikka xush yoqdi. Bolajonlarning yuz-koʻzidagi begʻuborlik, bahordek soflik va goʻzallik yosh-u keksaning koʻngliga iliqlik olib kirdi.

Doshqozonda qaynagan bahoriy taom – goʻja ham tayyor boʻlganidan keyin yigʻilganlarga tortiq etildi va maktab yaqinidagi aholiga ham tarqatib chiqildi. Sayildagi xursadchilikdan bahramand boʻlgan yoshu-qari dilidagi quvonchini, navroʻziy tilaklarini izhor etdi. Elimizda tinchlik-osoyishtalik barqaror boʻlishini, ona zaminimiz zavol topmasligini tilab, shu kunlarga yetkazganiga shukronalar aytishdi.

Navroʻzi olam munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbir orqali maktab direktori Ulugʻbek Mamutov hamda maʼnaviy maʼrifiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Qunduzoy Xolmurodova boshchiligidagi barcha oʻqituvchilar jamoasi qadimiy milliy qadriyatlarga sadoqat bilan yondashayotganligini, yosh avlodga shu ruhda taʼlim-tarbiya berayotganini yana bir bor namoyish etishdi.

Koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan sayil nafaqat qipchoqliklar, balki butun amu elining yuksak maʼnaviyati, goʻzal fazilatlari, bir-biriga mehr-oqibatini oʻzida mujassam etdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026