01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 22:48
Jamiyat 👁 396

“Matniyoz Oxun” qabristoni obodonlashtirildi

“Matniyoz Oxun” qabristoni obodonlashtirildi

Oʻtgan davr mobaynida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, diniy urf-odatlarni hurmat qilish, ayniqsa muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni yanada obod qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu sohadagi ishlarni rivojlantirish va faoliyatni tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan boʻlib, ular doirasida koʻplab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumanida ham muborak Ramazon oyi hamda “Navroʻz” umummilliy bayrami oldidan ajdodlarimiz qoʻnim topgan muqaddas qadamjolar va qabristonlar obodonlashtirilmoqda.

Jumladan, Amir Temur ovulida joylashgan “Matniyoz oxun” qabristoni ham hashar yoʻli bilan obodonlashtirildi. Obodonlashtirish ishlari bir necha kun davomida uyushqoqlik bilan oʻtkazilib ushbu savobli ishga tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari, mahalla imomlari hamda ovul hududida istiqomat qiluvchi yosh-u qari  oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Aslida obodlikka intilish, poklik ayniqsa, qabristonlarni ozoda saqlashga doimo eʼtibor qaratish xalqimizning ming yillik qadriyatlaridan biridir.

Maʼlumot uchun, qabristonning umumiy yer maydoni 10,7 gektarni tashkil qiladi. Hashar davomida, hasharchilar tomonidan 150 metrlik paxsa devorlar koʻtarilib, yoʻlaklarga tosh yotqizildi. Ziyoratchilar uchun tahoratxonalar taʼmirlanib, pardozlash ishlari olib borildi.

 Shuningdek, daraxt va butalar oqlanib, shakl berildi hamda, ortiqcha shox-shabbalar, qurib qolgan oʻt-oʻlanlar qabriston tashqarisiga chiqarib tashlandi. Har bir qabr atrofi tozalanib, ayrimlari taʼmirlandi.

Shu oʻrinda aytish joizki, mazkur qabristonga Amir Temur ovulining ziyoli, obroʻli insonlari va ularning ajdodlari dafn etilgan. Oʻz davrida ovuldagi maʼnaviyat va maʼrifatga intiluvchan insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatgan ziyolilar sulolasi vakili Matniyoz oxun boboning muborak qabrlari ham shu yerda joylashgan.

Hashar davomida Yusuf Eshon bobo jomeʼ masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsafoyev xalqimiz azal-azaldan bunday xayrli ishlarni koʻpchilik boʻlib, bamaslahat bajarib kelganligini, oʻtganlarni yodga olib, ularning ruhlarini shod etish – savobi ulugʻ amallardan ekanligini, marhumlarning hoki poklari qoʻnim topgan maskanlarni obod qilish va ularning haqlariga duolar qilish insoniy burch ekanligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, islom dini taʼlimotlariga koʻra, atrof-muhitni koʻklamzorlashtirish, uning tozaligiga, savobli va ezgu ishlarni ado etmoqlikka, ziyoratgoh-u qabristonlarni obod qilishdek xayrli ishlarga kamarbasta boʻlish farz ekanligi, bu kabi hayrli ishlar koʻpchilikka manfaatli boʻlgani bois, savobi ham mislsizligi haqida ibratli soʻzlarini soʻzladi.

Dunyodan oʻtgan ota-bobolari, yaqinlari xotirasiga hurmat koʻrsatish har bir insonning  zimmasidagi farzandlik, qarindoshlik, qolaversa, insoniylik burchidir. Buni yaxshi angalagan fuqarolar hashar ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashib, ziyoratgohlar obodligiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026