01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:42
Jamiyat 👁 517

AMUDARYoDA NAVROʻZ SAYLI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI

AMUDARYoDA NAVROʻZ SAYLI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI

Mavzuga oid fotogalereya

Navroʻz – sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uygʻonishi bilan bogʻliq boʻlgan eng ardoqli, asl milliy bayramdir. Bugungi kunda xalqimizning ezgu va goʻzal qadriyatlarini, orzu-intilishlarini oʻzida mujassam etib, ajdodlardan bezavol oʻtib kelayotgan Navroʻzi olam shu diyordagi millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, barcha yurtdoshlarimiz orziqib kutadigan tom maʼnodagi umumxalq bayramiga aylandi.

Amudaryo tumanida ham xalqimizning ushbu sevimli va azaliy bayrami munosabati bilan katta sayil tashkil etildi.

19-mart kuni tumandagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi oʻyingohida «Assalom Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» shiori ostida oʻtkazilgan bayram tadbiriga barcha hududlardan turli yoshdagi yurtdoshlarimiz tashrif buyurdilar. Oʻyingohdagi Navroʻzni madh etuvchi shiorlar,  rang-barang, turfa gullar, charxpalaklar, argʻimchoqlar, dorlar va shu kabi qadimiy, milliy bezaklar bayramga tashrif buyurganlarga oʻzgacha ruh bagʻishladi. Chor tarafdagi atlas koʻrpachalar solingan soʻri, shohsupalarda oʻtirgan keksa otaxonu-onaxonlarning yor-yor, lapar va oʻlanlar aytishayotgani, qizaloqlarning qoshlariga oʻsma qoʻyib, sochlariga jamalaklar taqib, milliy oʻyinlarni oʻynayotgani, bolajonlarning samoni toʻldirib uchirayotgan varraklari bayramga yanada fayz kiritdi.  

Qator rastalardagi  xalq  milliy  hunarmandchilik, milliy  taomlar  koʻrgazmalari koʻrgan koʻzlarni yashnatdi. Koʻrgazmalarda hunarmandlar tayyorlagan beshik, mis obdasta, qumgʻon, patnis, savat va shu kabi roʻzgʻor buyumlari oʻrin olgan. Milliy taomlar koʻrgazmasida esa turli qadimiy va tansiq taomlar ramziy koʻrkam dasturxoniga koʻrk bagʻishlagan. Sayilgohda mehmonlarga tumanimiz fermerlari va oqsoqollari tomonidan katta doshqozonlar oʻrnatilib, shu yerning oʻzida tayyorlangan osh va boshqa bahoriy  tansiq  taomlar ham tarqatildi.

Bayram tomoshasi boshlanishidan oldin tumanimiz rahbarlari masʼul mehmonlar bilan birgalikda koʻrgazmalarni tomosha qildilar hamda tashkilotchilarni bayram bilan qutladilar.

Shundan soʻng, hashamat bilan bezatilgan katta sahnada bayram tomoshalari boshlandi. Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, butun xalqimizni Navroʻzi olam bilan muborakbod etdi.

Tabriklardan soʻng, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan bayramona musiqiy dastur namoyish etildi. Dastur davomida tabiatning uygʻonishi, bahor manzaralari, zaminning gulga burkanishi maydon bezaklari bilan hamohang tarzdagi ajoyib kompozitsiyalar, sahna koʻrinishlari, raqs va qoʻshiqlar guldastasi bilan koʻrsatib berildi.

Bayram tomoshasida “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi, “Jayhun moʻʼjizasi” anʼanaviy xalq jamoalarining  kompozitsion chiqishlari namoyish etildi. Tumandagi taniqli havaskorlik jamoalari va ijodiy toʻgarak aʼzolari, estrada xonandalarining yangi ohanglar bilan boyitilgan qadimiy xalq qoʻshiqlari orqali ona yurtimiz goʻzalligi, tinchligi va doʻstlik tuygʻulari tarannum etildi. Xalq qoʻshiqlarining uslubiy rang-barangligi estradamizda yangicha jarang kasb etishi aytishuvlar,  yangicha talqindagi qoʻshiqlar misolida koʻrsatildi.

Amudaryo tumaniga xos boʻlgan mumtoz navolar, askiyachilik, masxarabozlik xalq sanʼati oʻyinlari, rasm-rusumlari namoyon etilgan kompozitsion chiqishlar ham barchaga manzur boʻldi.

Navroʻz nafasi, shukuhi ufurayotgan Amu eli ahli Navroʻzi olam shodiyonalariga bagʻishlangan sayilda koʻtarinki ruh, shod-u xurramlik bilan ishtirok etib, bayramni katta xursandchilik kayfiyatida nishonladilar. Ezgu tilaklar bildirib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot uchun shukronalar aytdilar.

O.XUDOYBERGANOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026