01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:43
Jamiyat 👁 408

"Oq oltin"da Navroʻz bayrami keng nishonlandi

"Oq oltin"da Navroʻz bayrami keng nishonlandi

Ayni kunlarda oʻlkamizning har goʻshasida koʻklam shukuhi kezmoqda. Xalqimiz qadimiy va navqiron Navroʻz ayyomini nishonlamoqda. Navroʻz – yangi kun ekanligini, musulmon xalqlari uchun yangi kun – yangi yil boshlanishini hisobga oladigan boʻlsak, bu sana bizning eng sogʻinib kutadigan ayyomimiz ekanligi yana bir bor isbotini topadi. Bahorning goʻzal va sevimli Navroʻz bayrami xalqimizning har bir goʻshasida, har bir xonadonida oʻzgacha tarovat baxsh etmoqda.

Hamma joyda Navroʻzga bagʻishlangan tadbirlar, bayram sayillari davom etmoqda. Tumanimizdagi Oq oltin ovulining “Jiydali qulon” mahallasi fuqarolari oʻzlarining mehnatsevarligi, ahililigi, bir-birlariga mehribonligi bilan alohida ajralib turadi. Bu mahallada har bir bayram, toʻy, madaniy-tadbirlar tartibli, ixcham, shodiyona ruhda oʻtkazilishi bilan tahsinlarga loyiq boʻlib kelmoqda.

Bu elatda kattalar izzatda, yoshlar xizmatda boʻlib, bayram tadbirlari uyushqoqlik bilan tashkil etiladi. Bu yilgi Navroʻz bayrami munosabati bilan hududdagi 71-sonli maktab binosi oldida oʻtkazilgan bayram tadbiri ham soʻzimizning yaqqol isbotidir.

Bu yilgi bayramga ham puxta tayyorgarliklar koʻrildi. Koʻcha va xiyobonlar tozalandi, ariq, zovurlar qazilib, yoʻllar tekislandi, mevali va manzarali daraxtlarga bayramona shakl berildi. Har bir xonadon obod va ozoda boʻlish borasida bir-birlariga namuna boʻlishdi.

Bayram oldidan xalqimizning milliy va sevimli taomi sumalak tayyorlandi. Bayram dasturxonini elatning qoʻli gul qiz-kelinchaklari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar bezadi.

Bayram tadbirida mahallaning mehnat faxriylari, keksa otaxon-u onaxonlari, turli kasb egalari, taklif qilingan mehmonlar jamul-jam boʻldilar.

Tadbirni mahalla faoli Yangiboy Shukurullayev kirish soʻzi bilan ochib, barchani qutlugʻ ayyom bilan muborakbod qildi, ishlarida omad, mustahkam sihat-salomatlik tiladi.

71-sonli maktab direktori Ruslan Kamolovning tabrik soʻzidan keyin maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilar jamoasi hamda mahalla fidoyi yoshlarining ishtirokidagi kontsert dasturi, qiziqarli oʻyin tomoshalari boshlanib ketdi.

71-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Rabigʻa Toʻrayeva, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Muhabbat Madatovalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi, unda ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barcha bayram ishtirokchilariga birdek manzur boʻldi.

Bayram dasturini 11-sinf oʻquvchilaridan Umida Matniyozova, Diyorbek Oymuradovlarning  mohirona boshqarib borishlari bayramga yanada fayz qoʻshdi. Bayram tantanasida Oq oltin fuqarolar yigʻini raisi Raxim Oʻrozboyev ham ishtirok  etdi va mahalla ahlini qutlugʻ ayyom bilan qizgʻin muborakbod etdi.

Bayram tadbirida “qoʻli shirin kelinchak” mavzusida bellashuv oʻtkazildi. Unda mahallaning yosh kelinlari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar koʻrgazmasi namoyish qilindi. Bellashuv gʻoliblari va qatnashchilari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Mahalla yoshlari nafaqat bilim olishda, balki harbiy mashqlarda, sport oʻyinlarida ham ancha uddaburon ekanligini ishtirokchilar oldida namoyish qildilar. 9-sinf oʻquvchilari tomonidan bajarilgan murakkab harbiy mashq oʻyinlari barchani lol qoldirdi. Bu harakatlar esa oʻz oʻrnida mahallada Vatanimizga sodiq harbiy posbonlar yetishib kelayotganidan darak berib turibdi. Oʻquvchilarning oʻktam va chaqqon harakatlari tomoshabinlarning zoʻr olqishlariga sazovor boʻldi.

Bayram tadbiri mahalladoshlar koʻngliga olam-olam quvonch baxsh etdi. Tinch yurtga bayramlar yarashadi degan soʻzlar yana bir bor oʻz isbotini topdi.

Mahalla ahli bir-birlariga eng aʼlo kunlarni, yaxshi kayfiyatni tilagan holda bu bayramni ulkan koʻtarinki ruhda nishonladilar.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026