30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:32
Jamiyat 👁 3,065

OILAGA KIRISh SEKTORI: hamjihatlikda hikmat koʻp

OILAGA KIRISh SEKTORI:  hamjihatlikda hikmat koʻp

Oqsoqol bilan maslahatchi xonadondan chiqishar ekan, yengil nafas olishdi: xayriyat, bu nizo ham yaxshilik bilan tugadi!

Turmush oʻrtogʻi vafotidan soʻng oilali, bolali boʻlgan uch oʻgʻilning boshini bir hovlida biriktirib oʻtirishga qiynalib ketgan qaynona ayniqsa, "sen uni qilmading, men buni qildim”, deb oʻzaro gap talashib, kichkina kelini onasinikiga ketib qolganidan beri nima qilarini bilmay boshi qotib, mahallaga chiqqanida oqsoqol keliningizni olib kelib beramiz, xavotir olmang, deb uyiga qaytargandi. Yaxshi niyatni Yaratganning oʻzi qoʻllar ekan-da, mana ikkala ovsin "endi opa-singilday boʻlamiz”, deb ular oldida soʻz berdilar. Qudalar ham tushungan odamlar ekan, qizlariga pand-nasihat qilib, oqsoqol bilan maslahatchining oldiga solib yuborishdi.

Qarang-a! Oddiygina bir-birovni tushunmaslik orqasida, ikki ovsin birovining koʻngliga birovi qaramagani tufayli bir oila buzilib ketishiga sal qoldi-ya. Ayniqsa, ularga qizning otasining "bolam, enang qachon imkoni boʻlib hovli solib boʻlak chiqargunicha urush-janjalsiz qaynonang bilan ham, ovsinlaring bilan ham siylashib yasha”, degani taʼsir qildi. Ha, yoshlardan xato oʻtganida (endi yoshlik-da) ota-ona toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib, pand-nasihat qilib tursa, yoʻlini topib ketishadi.

Ular oʻz xayollari bilan mahalla fuqarolar yigʻini idorasiga yetib kelganlarida oʻrta yashar, yuzlari tashvishli koʻringan ayol kutib turgan edi.

– Ikkovingizdan ham maslahat soʻrab chiqqan edim, - dedi ayol ular bilan hol-ahvol soʻrashib boʻlib. U shu mahallaning faoli, ijaraga paxta yer olib, har yili yaxshi hosil yetishtiradigan, tomorqasidagi bogʻ-poliziga hamma havas qiladigan mehnatkash ayol edi. Qancha tashvish-u mehnatni koʻrdim, demaydigan, oʻgʻil-qizi-yu turmush oʻrtogʻini ham ishdan boʻsh vaqtida uy, tomorqa yumushlariga andarmon qilib qoʻyadigan, ishga ham, gapga ham chechan ayolning bugungi tashvishli koʻrinishi ajablanarli edi.

- Bilasizlar, kichik qizim kollejning ikkinchi kursida oʻqiydi. Kollejni bitirib ham oʻqishni davom ettiraman, deb yurgandi. Ikki haftadan beri devor-darmiyon qoʻshnim deyarli har kuni shu qizimni soʻrab chiqayapti. Oʻqishni biznikida davom ettiraveradi, deydi. Axir qizim hali yosh-da, ularning oliygohda ham oʻqitamiz, degan vaʼdalariga sal berilib turibdi. Oila bilan oʻqish boʻladimi? Hali bola-ku, bola. Kelinlikning oʻziga yarasha masʼuliyatlari borligini anglamayapti. Qolaversa, bungaqonunchiligimiz ham yoʻl qoʻymaydi. Biroq buni qoʻshnimga tushuntira olmayapman. Bir gapimga oʻn javob qaytaradi.

Maslahatga koʻra ayol uyiga ketdi. Oqsoqol idoraga keluvchilar bilan gaplashib, ishlarini bitirib boʻlguncha maslahatchi mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat koʻrsatayotgan "Salomatlik”, "Taʼlim va tarbiya”, "Jinoyatchilik profilaktikasi” sektorlarirahbarlarini chaqirib, murojaat qiluvchi ayolning tashvishlanib aytgan soʻzlarini yetkazdi, zudlik bilan toʻyni vaqtincha toʻxtatish lozimligini aytdi. Buni boʻlgʻusi kuyovga, ota-onasiga qanday tushuntirishni maslahatlashib oldilar.

Koʻpdan quyon qochib qutulmas, deydilar. Toʻy orzusida yurgan er-xotin avval ularni xushlamaygina qarshi olishgan boʻlsa-da, voyaga yetmagan, hali kollej oʻquvchisi boʻlgan qizni kelin qilishning huquqiy oqibatlari, sogʻligʻiga zarari xususidagi gaplarni tinglab, biroz oʻyga tolishdi. Fursatdan foydalanib oqsoqol:

- Bilaman, ilk farzandingiz boʻlgani uchun uylantirib kelin koʻrishga, elga dasturxon yozib toʻy qilishga oshiqayapsizlar. Bu tabiiy. Biroq sizlarning orzu-havasingiz uchun bolalar erta oila qurib, turmush tashvishlariga chidolmay notinchliklar boʻlsa, jabrini yana oʻzlaringiz tortasizlar-da, - dedi.

- Haliyamkech emas, yiqqaningiz sandigʻingizdaturaversin. Yigit-qiz voyaga yetsin, oq-qorani tanisin, biror ishning boshini tutganidan soʻng boshlang toʻyni. Oʻzimiz qamishdan bel bogʻlab xizmatda turamiz, - davom etdi maslahatchi hazil aralash.

Xullas, toʻy qoldiriladigan boʻldi. Hikoya qilayotganim "Xolimbeg” ovuli tarkibidagi "Ayoqchi” mahallasi raisi Olloyor Qalandarov, maslahatchi Muborak Jumaniyozovalarning oddiy ish kunlaridan lavhalar xolos.

Ha, mahallalarda xonadonlarning tinch-totuv, osoyishta turmushini taʼminlashda, aholining bir-biriga mehr-oqibatli boʻlishi, hamjihatlikda yashashiga erishishda, turmush farovonligini taʼminlashda aholiga eng yaqin tashkilot – mahallalarning nufuzi tobora ortib bormoqda.

Oʻz vakolatlari doirasidagi vazifalarni sidqidildan ado etishga harakat qilayotgan Olloyor Qalandarov va Muborak Jumaniyozovalarning saʼy-harakatlari bois, "Ayoqchi” mahallasi tumanimizdagi eng namunali mahallalardan sanaladi.

Yaqinda mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat koʻrsatayotgan "Ota-onalar universiteti” fuqarolar yigʻinida oilalarni mustahkamlash va barqarorligini taʼminlash, farzand tarbiyasi ilmini egallashda ota-onalarga yordam koʻrsatish, farzand tarbiyasi borasida huquqiy, maʼnaviy-axloqiy bilimlarini yuksaltirish borasida amalga oshirayotgan ishlari tuman miqyosida oʻtkazilgan "Fuqarolar yigʻinlari huzuridagi "Eng namunali ota-onalar universiteti” koʻrik-tanlovida birinchi oʻringa loyiq, deb topildi.

Oʻz hududidagi aholining yoshu qarisini oʻz yaqiniday yaxshi taniydigan, oilaviy sharoiti, yashash tarzidan xabardor yigʻin masʼul xodimlari odamlarning eng yaqin maslahatchisiga, koʻmakchisiga va suyanchigʻiga aylanishgan. Shu boisdan-da ularning soʻzlarini hech kim yerda qoldirmaydi, yoʻl-yoʻrigʻidan chiqmaydi.

Yigʻin huzurida faoliyat yurituvchi doimiy komissiyalar, jamoatchilik asosida tashkil etilgan sektorlar faoliyati yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi tufayli mahalla koʻchalari ozoda, obod, oilalarda tinchlik, ogʻzibirchilik. Kelinlar, qizlar hovli-joylarini biri-biridan toza, orasta tutishadi. Shunday boʻlsa-da eng yaxshisinitanlab, ragʻbatlantirib borish boshqalarda ham intilish uygʻotishini hisobga olib, "Eng orasta xonadon”, "Eng namunali xonadon”, "Eng namunali koʻcha” tanlovlari oʻtkazib borilmoqda. "Eng namunali koʻcha” tanlovi gʻoliblari bu yil "Nilufar”, "Tinchlik” koʻchalari boʻldi.

Oqsoqol raislik qiladigan "Oilaga kirish” sektori aʼzolarining aholi bilan doimiy ishlashayotganligi sababli chetga ishga ketishlarning, erta nikohlarning, oilaviy ajrimlarning oldi olinayapti, oilaviy nizolar bartaraf etilayapti.

- Odam baxtini oʻz oilasida topadi. Oila – farzandlarimiz kamol topadigan, barcha insoniy munosabatlar shakllanadigan qutlugʻ, muqaddas maskan. Buni har kuni, har qancha takrorlasak ham kamlik qiladi. Chunki oʻz oilasini sevgan, qadrlagan odamdan yomonlik chiqmaydi. Niyatimiz - oilalar tinch va baxtiyor boʻlsin, - deydi maslahatchi, mahalla huzuridagi "Oilaga kirish” sektori aʼzosi Muborak Jumaniyozova.

Buningdek ezgu maqsadlarga erishishda ovul va mahallalarda jamoatchilik asosida ishlaydigan sektorlarning roli ulkan. Ha, hamjihatlikda hikmat koʻp.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026