MAKTABNING IQTIDORLI QIZLARI
Tumanimiz maktablarida taʼlim –tarbiya olayotgan oʻquvchi yoshlar orasida musiqa va sanʼatga qobiliyatli yoshlar koʻp. Pedagog xodimlar ularning iqtidorini rivojlantirish maqsadida darsdan tashqari mashgʻulotlarga ham jalb qilib, milliy madaniyatimiz durdonalarini chuqur singdirishga intilmoqdalar.
Tumanimizning chekka hududida joylashgan 49-sonli maktabda oʻzbek, qoraqalpoqlardan tashqari turkman millatiga mansub oʻquvchilar ham ancha, orasida iqtidorlilari ham koʻp. Ular musiqa darsidan olgan bilimlarini qoʻshimcha mashgʻulotlarda rivojlantirib, turkman xalqi milliy ashula va raqslarini qunt bilan oʻrganishadi, milliy urf –odatlari, anʼanalari aks ettirilgan sahna koʻrinishlarini tayyorlashadi.
Tumanimizda oʻtkazib kelinayotgan turli bayram, sayllarda ijro etgan tomoshalari barchada ulkan taassurotlar qoldirmoqda. Xususan, shu yil 12-aprel kuni Mangʻit shahridagi Xotira maydonida “Yoshlar - nuroniylar nigohida” deb nomlangan avlodlar uchrashuvida maktab oʻquvchilar ustozlari Guliston Qalandarova, Nigora Yoʻldosheva, Qizilgul Aytboyevalar koʻmagida tayyorlagan qiz uzatish va kelin salom kabi odatlarni namoyish qilishib, barchaning eʼtiboriga sazovor boʻldilar.
Gulnoza NORIMMATOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶