TUMAN MAKTABGAChA TAʼLIM BOʻLIMI XODIMLARI KOʻChAT OʻTQAZIB, YaShIL BOGʻ YaRATDILAR
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi binosi atrofiga boʻlim mudiri S.Sadikova tashabbusi bilan har xil mevali, archa va manzarali daraxtlar koʻchatlari ekildi.
Aytish joizki, loyiha doirasidagi tadbirlar tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham amalga oshirilmoqda. Har bir tashkilot binosi atroflariga mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlari oʻtqazilib, yashil maydonlar yaratilmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 10635 dona har xil meva koʻchatlari va archa koʻchatlari, dekorativ daraxtlar koʻchatlari ekish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda ushbu koʻchatlarning 9785 donasi ekilib, 92 foiz koʻchat ekish ishlari bajarildi.
S.Patullayeva, tuman MTB xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶