01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 19:53
Jamiyat 👁 315

BOBUR NOMLI OVULDA “BIBIXONIM MAKTABI” QIZLARI IShTIROKIDA TANLOV OʻTKAZILDI

BOBUR NOMLI OVULDA “BIBIXONIM MAKTABI” QIZLARI IShTIROKIDA TANLOV OʻTKAZILDI

Yurtimizda oʻsmir yoshdagi qizlarni hayotga tayyorlash, turli vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini shakllantirish, yetakchilik qobiliyatini oshirish hamda zamonaviy kasb-hunar egallashlariga koʻmaklashish maqsadida “Bibixonim maktablari” tashkil etilib, mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Mashgʻulotlarga jamoatchilik asosida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak-nishoni sovrindorlari, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy soha mutaxassislari, obroʻ-eʼtiborga va katta tajribaga ega boʻlgan targʻibotchi xotin-qizlar, taʼlim muassasalarining malakali oʻqituvchi hamda psixologlari jalb etilib borilmoqda.

16-aprel kuni Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan tadbirda hududdagi qizlarning “Bibixonim maktabi” mashgʻulotlarida oʻzlashtirgan bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Koʻrik-tanlov tarzida oʻtkazilgan ushbu tadbirda 6-, 60-, 86-sonli maktablarning oʻquvchi-qizlari ishtirok etdilar hamda mashgʻulotlar davomida egallagan bilimlarini namoyish qildilar.

Tadbirga tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva hamda fuqarolar yigʻinlari raislarining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, ovul hududidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari tashrif buyurdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar tumanimizda ham qizlarning isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, oʻsmir yoshdagi qizlarni hayotga tizimli tayyorlash, ularda turli hayotiy vaziyatlarda munosib qaror qabul qilish koʻnikmalari va zamonaviy kasb-hunar egallashga boʻlgan intilishlarini rivojlantirish maqsadida Xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari huzurida va fuqarolar yigʻinlarida “Bibixonim maktablari” tashkil qilinganini aytib oʻtdilar. Har bir hududda belgilangan reja va dasturlar asosida mashgʻulotlar tashkil qilinib, 18-22 nafargacha qizlar ushbu mashgʻulotlarga jalb etilayotgani, bilim, koʻnikma va malakalari oshirilib borilayotganini eʼtirof etdilar.

Tadbir davomida ovulda tashkil etilgan “Bibixonim maktabi” qizlari oltita shart boʻyicha bellashdilar. Qizlar birinchi shartga koʻra oʻzlarini sheʼr va qoʻshiqlar ijro etib, oʻzlarini tanishtirdilar. Ikkinchi shartga koʻra turli mavzularda savol-javob oʻtkazilib, qizlarning bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Shundan soʻng, qizlar oʻrtasida bahru-bayt oʻtkazilib, sheʼriyat borasidagi bilimdonliklari aniqlandi. Milliy raqs shartiga koʻra qizlar oʻzlari sevib ijro etadigan raqslarini namoyish etdilar.

Oxirgi shart boʻyicha ''Buvijonlar oʻgiti'' deb nomlangan sahna koʻrinishini ijro etishib, shu orqali keksa onaxonlarning oiladagi oʻrni, pandu-nasihatlarining tarbiyadagi ahamiyatini koʻrsatib berishga harakat qildilar.

Tadbir davomida qizlar oʻzlarining qoʻl mehnati bilan yasalgan biri-biridan chiroyli ijod namunalarini ham namoyish etdilar. Har bir qizning tanlovdagi ishtiroki hakamlar tomonidan odilona baholab borildi.

Tanlov natijalariga koʻra, 6- va 86-sonli maktab qizlari 59 ball, 60-sonli maktab qizlari 50 ball toʻplashga muvaffaq boʻlishdi hamda bir xil natijalarga erishgan 6- va 86-sonli maktab qizlari gʻolib deb topildi. Gʻoliblarga faxriy yorliqlar va sovgʻalar topshirildi.

Tadbir Bobur nomli ovuldagi madaniyat markazida tashkil qilingan toʻgaraklar havaskorlari tomonidan ijro qilingan kuy va qoʻshiqlar bilan yanada maroqli va mazmunli oʻtdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026