30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,116

Jasoratli mehnat samaralari

Jasoratli  mehnat samaralari

Bu yil tumanimiz paxtakorlari uchun, qolaversa doʻrmanlik paxtakorlar uchun kuz sahovati cheksiz boʻldi: koʻzni quvontiradigan yuksak "oq oltin” xirmonlari uyildi. Tumanimiz paxtakorlari 34 ming tonnaga yaqin yuqori navli paxta hosilini yigʻib-terib olib, ona Vatanga armugʻon qildi va Respublikamizda birinchi boʻlib yillik paxta tayyorlash shartnomaviy davlat rejalarini ortigʻi bilan bajardi. Bu albatta, paxtakorlarimizning jasoratli mehnati natijasidir. Aniqroq qilib aytganda, jasorat xirmonidir.

Har yili birinchi boʻlib gʻalaba tugʻini baland koʻtarishga odatlangan va buni eng yaxshi anʼanaga aylantirgan doʻrmanlik paxtakorlar sentyabr oyi boshidayoq tashabbusni qoʻlga olib, 14 ta fermer xoʻjaliklarining ming gektardan ziyod paxta maydonlarida paxta yigʻim-terim ishlarini uyushqoqlik bilan olib bordilar. Paxtazorlarda ikki mingdan ortiq terimchilar ter toʻkib mehnat qildilar va terim surʼatini kun sayin oshirdilar. Mavjud 14 ta fermer xoʻjaliklarining har birida bittadan paxta yigʻim-terim otryadlarining tashkil etilishi va faoliyat olib borishi terim surʼatini oshirishda asosiy omil boʻldi. Natijada qisqa muddatda "oq oltin” xirmonlari sarbaland boʻlib, yillik marra egallandi va davlat xazinasiga 2300 tonnadan ziyod yuqori navli paxta hosili yetkazib berildi.

- Bugungi katta mehnat gʻalabamizga har yili paxtadan moʻl hosil yetishtirib kelayotgan va 40 tsentnerchilik harakatining tashabbuskorlari boʻlgan "Kamoliddin Bekniyoz”, "Pirnazarov Toʻraboy”, "Matmurodov Botir”, "Pirmetov Bozorboy”, "Beshboyev Qurbongʻaliy” va "Ortiqov Rajabboy” fermer xoʻjaliklarida bugungi kunning oʻzidayoq, har gektar hisobiga 28-30 tsentnerdan xirmon koʻtarildi. Paxtazorlarimizda hosil hali moʻl. Yigʻim-terim ishlarini yanada qizitib, 3 ming tonnalik yuksak majburiyatimizni ham tez kunda bajarib xirmonlarga baraka kiritamiz, - deydi. Y.Oʻrozboyev nomidagi MMTP rahbari Ulugʻbek Oʻrozboyev faxr bilan.

Xoʻjalikdagi 40 tsentnerchilik harakatining tashabbuskorlaridan biri Qurbongʻaliy Beshboyev boshqargan "Beshboyev Qurbongʻaliy” fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terim ishlari avj pallasiga chiqqan. Paxtazorlarda har kuni 150-160 nafar chaqqon qoʻlli terimchilar unumli mehnat qilishmoqda. Paxtazorlar bugungi kunda goʻyo qaynoq mehnat maydoniga aylangan.

- Ha, bugungi kunda hammamizning oʻrnimiz paxtazorlarda. Peshona terlarimiz bilan yetishtirgan moʻl paxta hosilimizni qanchalik tez yigʻib-terib olsak, shunchalik qoʻlimiz baland, yuzimiz yorugʻ, daromadimiz moʻmay boʻladi. 67 gektar paxta maydonidan 200 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini yigʻib-terib olib marradan oshdik. Birinchi terimdayoq hosildorlik har gektar hisobiga 30 tsentnerga yetdi. Paxtazorlarimizdagi qolgan hosilni yigʻib terib olsak, hosildorlik 40 tsentnerdan ham oshib ketadi, - deydi ilgʻor fermer Qurbongʻaliy Beshboyev ishonch bilan.

Dala - tashkiliy ishlar bilan band boʻlgan 177-paxta yigʻim-terim otryadining rahbari Otamurod Yusupov ilgʻor terimchilar haqida faxru iftixor bilan gapira ketdi:

- Goʻzal Qurbonova, Muqaddas Yusupova, Shirin Soatova, Erkinoy Yoʻldosheva, Sharofat Oʻrozaliyeva, Yorqinoy Qurbonboyeva, Zubayda Abdullayeva, Nilufar Bobojonovalar har kuni 180-200 kilogrammdan paxta terib bermoqdalar, - deydi 177-paxta yigʻim-terim otryadi rahbari Otamurod Yusupov.

Qobul Shomurodov.

M.Habibullayev olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026