30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,650

Xirmonlari yuksalayotgan fermer

Xirmonlari yuksalayotgan fermer

Tumanimizning koʻp sonli paxtakorlari orasida Omonboy Rajabovning nomi alohida hurmat bilan tilga olinadi. Boisi u asosiy boyligimiz boʻlgan paxtachilikni rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻz ismi-sharifi bilan ataluvchi fermer xoʻjaligida har yili moʻljaldagidan-da koʻproq paxta hosili yetishtirmoqda. Shu bois uning rahbarligidagi mehnat jamoasi tumanimizdagi 40 tsentnerchilik harakatining dargʻalaridan biriga aylandi va oʻtgan yillardagi yuksak natijalariga koʻra fermer xoʻjaligiga  hukumatimiz tomonidan yangi "Kaptiva” yengil mashinasi sovgʻa qilindi.

Omonboy Rajabov juda oddiy, kamtar va samimiy inson. Uning bilan bir zum boʻlsa-da uchrashib suhbatlashsangiz, dehqonchilikka doir koʻp bilimlarga ega boʻlasiz. Undagi yana bir ibratli fazilat - maqtanchoqlikni yomon koʻradi. U oʻzining butun hayotini, butun umrini halol va fidoyi mehnat bilan bezagan, ziynatlagan insondir.

Paxtakor zahmatkash, fidoyi inson boʻlishi kerak. Shundagina paxtadan moʻl hosil yetishtirishi mumkin. Dunyodagi eng koʻp mehnatni talab qiladigan ekin ham paxtadir. Yil - oʻn ikki oy davomidagi mehnatlarimiz hosilasi esa bugungi yuksak "oq oltin” xirmonlaridir, - deydi Omonboy Rajabov.

Ha, fidoyi inson Omonboy Rajabov rahbarligidagi fermer xoʻjaligi paxtakorlari joriy 2014-yilning 14-sentyabridayoq marradan oshib, yillik shartnomaviy rejalarini tumanda birinchi boʻlib bajargan boʻlsa, bugungi kunga kelib 370 tonnalik yuksak majburiyatini ham sharaf bilan ado etdilar va hosildorlikni gektar boshiga 40 tsentnerdan oshirdilar.

- "Oq oltin” xirmonimizning 148 tonnasi S-4727 navli ertapishar urugʻlik paxtadir. Bu paxta navi soʻnggi qirq yildan buyon oʻzining navlik xususiyatlarini toʻla oqlab kelayotgan paxta navlarining klassik namunasidir. Bu paxta navi bizning iqlim va yer-tuproq sharoitimizga juda mos keladi. Paxta tolasi va uning sifati boʻyicha IV tipga mansub boʻlgan bu paxta navi toʻqimachilik korxonalarida va jahon bozorida yuksak baholanadi, - deydi ilgʻor fermer Omonboy Rajabov.

Mazkur fermer xoʻjaligida yana bir ibratli jihatni koʻrdik. U ham boʻlsa, "Xizr eli” mahallasidagi yuragida choʻgʻi bor insonlarning barchasi paxtazorga otlangan. Ularning bari gʻayrat-shijoatli paxtakor terimchiga aylangan.  Ularning halol mehnatlari tufayli xoʻjalik xirmoni tobora yuksalmoqda.

Q.ShOMURODOV.

Muallif olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026