30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:34
Fan va taʼlim 👁 2,628

Shogirdlar kamoli – ustoz iftixori

Shogirdlar kamoli – ustoz iftixori

(Ocherk)

U odatdagidek tong yorishmasidan burun turib, badantarbiya qildi. Hovli boʻylab yugurayotirib xayolanbugungi ishlarini rejalashtirdi. Kecha bir oʻqituvchi qoʻngʻiroq qilib, maktabiga kelib ketishini iltimos qilgan, kurashga iqtidorli bolalarni saralab olishga koʻmak soʻragandi. Ishga har kungidan vaqtliroq borib oʻsha oʻqituvchining ham iltimosini bajarishim kerak, - degan oʻy oʻtdi koʻnglidan.

Aslida qobiliyatsiz bolaning oʻzi boʻlmaydi. Biroq hamma ham polvon boʻlavermaydi-da. Buni toʻgʻri anglash kerak. Axir bir bolaning sportga ilk qadam qoʻygan kunidan to u kamolga yetgunicha necha-necha yillar, murabbiyning qancha-qancha zahmatli mehnatlari ketadi. Hamma bolalar ham ustoz mehnatini qadrlab, mashqlarni davom ettiravermaydi, balki, salgina jismoniy zoʻriqishlarga chidamay sportni tashlab yuboradi. Mashqda qancha qiynalsa, davraga tushganida oʻziga shuncha yaxshi boʻlishini oʻylamaydi.

Choʻntagidagi telefon qoʻngʻirogʻi uning xayollarini toʻzitib yubordi, qoʻngʻiroqqa javob berishga oshiqdi:

- Eshitaman, allo!

- Assalomu alaykum, ustoz! Yaxshimisiz, uydagilar bari omonmi? Erta turish odatingizni bilganim uchun qoʻngʻiroq qilaverdim. Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin! Bizning baxtimizga doim sogʻ boʻlgaysiz, ustoz!

Salomga alik olib, soʻrashishga telefondagi ovoz yoʻl qoʻymasdi:

- Hozir bolalar bilan mashgʻulotdaman. Boshqalardan avval tabriklay, deb erta sahardan yoʻqladim. Vaqtim ziqroq edi, ustoz. Chechama, singillarima salom ayting!

Telefonda yoʻqlagan uning ilk shogirdlaridan biri, hozirgi kunda kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyi boʻlib ishlayotgan Murod Doʻsimbetov edi.

Uning yuzlari quvonchdan yorishib ketdi. Eh-hay, hali bugun, ertaga uning telefoniga, xonadoni eshigiga tinim boʻlmaydi. Axir 32 yillik murabbiylik faoliyatida qancha-qancha shogirdlari nomdor polvon boʻlib yetishdi, hatto ustozidan oʻzmagan shogird-shogird emas, naqliga amal qilganlari ham koʻp. Ular bayram kunida ustozini yoʻqlashni unutishmaydi.

Ha, Chorsham polvon nomi bilan butun Oʻzbekistonga tanilgan, kurash boʻyicha bir necha bor Oʻzbekistonda sovrindor boʻlgan, tumanimizdagi 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodovning umrini ziynatlagan, mazmun bagʻishlagan ham, qalbini faxru iftixorga toʻldirib, oʻz hayotidan mamnunlik bagʻishlaydigan ham shogirdlarining kamolidir.

U dastlab maktabda oʻquvchilik davrida akasi Ozod Tojimurodovga ergashib sport murabbiyi Norboy Safarboyevning mashqlariga shunchaki qatnashgan boʻlsa-da, mashq jarayonida juda qiziqib qoldi, kurashda yengish uchun faqat kuch yetarli boʻlmasligini angladi, aql-idrok bilan uslublarni oʻrganib, zarur holda mahorat bilan qoʻllashga intildi. Hademay tuman, Qoraqalpogʻiston miqyosidagi musobaqalarda oʻz vazn toifasida gʻolib boʻlib, elga tanildi. 1976 yilda "Paxtakor” koʻngilli qishloq sport jamiyati tashkillashtirgan musobaqada Oʻzbekiston gʻolibi boʻldi.

- Sport – fidoyilik degani, - ishonch bilan soʻzlaydi Chorsham Tojimurodov. – Oddiy misol: oʻrta maktabni tugatishimizdan sal oldin, 1977-yil koʻklamda Namanganda boʻlib oʻtadigan maktab oʻquvchilarining spartakiadasiga yoʻllanma olgan edim. Musobaqadan hafta oldin Toshkentda oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida boʻldik. Trener Sokolov qoʻlida mashq qildik. U juda talabchan odam edi, bir uslubni koʻngli toʻlmaguncha qayta-qayta mashq qildirardi. Charchab ketganimiz shunchalik ediki, mangʻitlik yana bir polvon Murodboy Annayev (xudo rahmat qilsin!) ovqatni koʻproq yeb qoʻyib vazni ortibroq ketibdi. Poyezdda Namanganga yoʻl oldik. Shunda Murodboy bir sutka ovqat yemay, suv ichmay chidab, kerakli vaznda kurashga davraga tushib, barcha raqiblarini yengdi. Oʻylab koʻring-a, Murodboyning koʻnglida yengishga intilishi, oriyati, yorugʻ yuz bilan Mangʻitga qaytish niyati boʻlmaganida och-nahor yoʻl bosib borib, davraga tushib gʻolib boʻlaolarmidi?

Bunday voqealar har bir sportchining hayotida koʻplab uchraydi.

Mendan koʻpchilik qanday qilib oʻquvchi vaqtingizdayoq bir necha bor Oʻzbekiston gʻolibi boʻlgansiz? – deya soʻrashadi. Men doim yengishga harakat qilganman, yengilmaslik uchun mahoratimni oshirishga intilganman, deb javob beraman.

Ha, Chorsham Tojimurodov doim yengilmaslikka intildi. Bu harakatlari uni elga Chorsham polvon qilib tanitdi.

1982-yilda Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini jismoniy tarbiya oʻqituvchisi va kurash boʻyicha trener mutaxassisligi boʻyicha tugatdi. Faoliyatini "Paxtakor” qishloq koʻngilli sport jamiyatida trenerlikdan boshlagan. Keyinchalik 16-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi, 1985-yildan tuman kasaba uyushmalari sport jamiyati raisi boʻldi. 1996-yildan hozirgacha 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida kurash, kurashning sambo, dzyu-do turlari boʻyicha trener, maktab direktori vazifalarida ishlab kelayapti. Bu yillar orasida Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston miqyosida oʻtkazilgan qator musobaqalar sovrindori boʻldi. Shu bilan bir qatorda tumanimiz sportini yuksaltirish yoʻlida tinimsiz mehnat qildi. Uning yelib-yugurishlari natijasida 1988-yilda Mangʻit shahrida kurash sporti uchun ixtisoslashgan sport zali va maʼmuriy bino ishga tushirildi.

Chorsham Tojimurodov oʻzi ustozlari Norboy Safarboyev va Shomurod polvon Masharipovlardan, oliygohdagi oʻqituvchilaridan oʻrgangan kurash sirlarini bolalarga oʻrgatib, koʻplab nomdor polvonlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.Ular ayni kunda tumanimiz nomini butun dunyoga yoyishmoqda, jahon chempionlari, Yevropa chempioni boʻlish baxtiga erishganlari bor. 6 nafari sport ustasi, 30 nafardan ziyodi sport ustaligiga nomzod, koʻplab ommaviy razryadli sportchilarni tarbiyalab, kamolga yetkazdi.

Kurashdagi eng muhim narsa - polvonlar harakatining odilona baholanishidir. Tajribali murabbiy oʻzi hakamlik qilgan davralarda bunga qatʼiy amal qiladi. Shu boisdan ham 2003-yil At-Termiziy xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro turnirda unga "Xalqaro toifadagi hakam” unvoni berildi. Kurash jarayonida kurashning halollik, poklikka yoʻgʻrilgan anʼanalariga sodiqligi uchun koʻplab xalqaro musobaqalarda hakamlikka taklif etildi. Tver shahrida boʻlib oʻtgan jahon birinchiligida, mamlakatimizda oʻtkazilayotgan koʻplab xalqaro musobaqalarda, mamlakatimiz Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda odilona hakamlik qilib, hurmat-eʼtibor qozondi. U Qoraqalpogʻiston Respublikasi kurash boʻyicha hakamlar hayʼati raisi hamdir.

U bularning bariga kurashga boʻlgan mehri, tumanimiz, respublikamiz sport sharafini yuqori koʻtarishga boʻlgan intilishi tufayli erishdi. Shogirdlarining har bir yutugʻi – unicheksiz quvonchga belaydi, koʻnglini faxru iftixorga toʻldiradi.

Bolasi uchun yugurib-yelib yashaydigan, bolasining yutuqlaridan quvonib, koʻngli osmon qadar yuksaladigan, borini bolasining kamoliga sarflaydigan ota-onalar koʻp. Men shogirdlari uchun ham yelib-yuguradigan, musobaqalarga yuborish xarajatlariga qiynalib qolgan ota-onalarga oʻz choʻntagidan yordam beradigan, shogirdi Oʻzbekiston chempioni boʻlganini qoʻy soʻyib nishonlagan bir murabbiyni ham bilaman. U – Chorsham Tojimurodov.

Chorsham akaning turmush oʻrtogʻi ham, uch nafar qizlari ham oʻqituvchi. Biri-birini tushunadigan, hurmat qiladigan, mahallada toʻy-maʼraka boʻlsa, eng oldin yeng shimarib xizmatga chiqadigan, hamma havas qiladigan namunali oila. Ularga kasb bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, bundan-da yuksak sharaflarga erishavering, degimiz keladi.

Oygul RAJABOVA.

Suratda: Chorsham Tojimurodov shogirdlari bilan mashgʻulot paytida.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026