SUD MASʼULLARI IShTIROKIDA KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi hamda Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi masʼullari korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish mavzusida davra suhbati oʻtkazishdi.
Tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimida rahbar Saida Sadikova hamda boshqa xodimlar ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur davra suhbatida sud masʼullari korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish, bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish kerakligi toʻgʻrisida soʻzlab, korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini taʼkidladilar. Undan tashqari, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish berdilar.
Shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, oqibatlarini, imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqararrligi printsipini taʼminlash kabilar borasida ham soʻz yuritildi.
Davra suhbati soʻnggida yigʻilish ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan boshqa-da savollarga javoblar olib, majlis bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtdi.
S.Davletmuradov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi.
J.Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶