01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 19:42
Salomatlik 👁 284

NAVOIY NOMLI MAHALLADA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI TARGʻIB QILISh BOʻYIChA TADBIR OʻTKAZILDI

NAVOIY NOMLI MAHALLADA SOGʻLOM TURMUSh TARZINI TARGʻIB QILISh BOʻYIChA TADBIR OʻTKAZILDI

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida oʻlim va nogironlikka sabab boʻluvchi 4 ta asosiy yuqumsiz kasallikni aniqlagan. Bular - yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, saraton kasalliklaridir. Surunkali kasalliklarning ortishi insonlar orasida erta oʻlimga olib kelmoqda. Mamlakatimizda ham mazkur masalaga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilib, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularga sifatli tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish, oila salomatligini asrash va mustahkamlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

14-may kuni Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻini binosida tuman Tibbiyot birlashmasi salomatlik  markazi  boʻlimi shifokorlari, fuqarolar yigʻini masʼullari, sport  targʻibotchisi hamda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri Oygul Rajabova ishtirokida sogʻlom turmush tarzi, jismoniy faollik, sogʻlom ovqatlanish va zararli odatlardan saqlanish  hamda oilalarda tibbiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targʻibot tadbiri  oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan shifokorlar Jumaboy Yavkashev, Matyoqub Ernazarov, Tamara Saidova, Raʼno Tajiboyeva, Ibodulla Nurimbetovlar xalqimizning sogʻlom turmush tarziga, xususan, millatimiz taqdiriga daxldor dolzarb masalalar yuzasidan mamlakatimizda zarur choralar koʻrilib, ushbu sohadagi vazifalarni hayotga tatbiq etishning mustahkam huquqiy va tashkiliy mexanizmlari yaratilganligini taʼkidlab oʻtishdi. Prezidentimizning “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha-chora tadbirlari” Qaroriga koʻra hozirgi kunda 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan, 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar A vitamini bilan, 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan, homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan, 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlanayotgani aytib oʻtildi.

Undan tashqari, 18 yoshdan 64 yoshgacha boʻlgan ayrim fuqarolar orasida  jismoniy faollikning kamligi, tamaki va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishi va sogʻlom turmush tarziga rioya qilmaslik natijasida koʻplab surunkali kasalliklar soni ortayotgani, katta yoshdagi aholining aksariyati ortiqcha vazndan, qon bosimi oshishidan aziyat chekayotgani, bu esa, oʻz navbatida, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, bosh miya qon aylanishi faoliyatining buzilishi, boʻgʻin kasalliklari va boshqa bir qancha xastaliklarning rivojlanishiga olib kelayotgani xususida soʻz yuritildi. Bunday holatlarning oldini olish uchun har bir inson sogʻlom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilishi kerakligi, zararli odatlardan voz kechishi lozimligi taʼkidlandi.

Tadbir soʻnggida  Tibbiyot birlashmasi hovlisida nafas gimnastika va ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarning inson organzmiga ijobiy taʼsiri toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Shuningdek,  tibbiyot xodimlari va mahalla fuqarolari ishtirokida nafas gimnastikasi va badantarbiya mashgʻulotlari amaliy tarzda oʻtkazildi.

J. Yavkashev, Tibbiyot birlashmasi salomatlik markazi shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026