01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:45
Jamiyat 👁 357

18-may - Xalqaro muzeylar kuni

18-may - Xalqaro muzeylar kuni

SABR-QANOAT VA FIDOYILIK MUKOFOTI

Har qanday davlat taraqqiyot sari intilar ekan, eng avvalo oʻzining tarixiy ildizlaridan kuch oladi. Xalq ijodiyoti namunalari, urf-odat va anʼanalari, tabiati va jamiki maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlari zaminidan kelib chiqib, taraqqiyot omillarini belgilaydi. Shu jihatdan olib qaraganda muzeylar har bir davlat uchun bebaho madaniy meros, bitmas-tuganmas maʼnaviy xazina hisoblanadi. Shu bilan birga muzeylar millatlar va elatlar, davlatlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi koʻprik hamdir.

Mamlakatimizda muzeylar, hatto ochiq osmon ostidagi muzey-shaharlar koʻp. Albatta, har bir muzey  xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy  hayotining, jonli  tarixining bir boʻlagi. Amudaryo tumanining tarixiy-oʻlkashunoslik  muzeyi bilan tanishgan har bir inson buni dildan his etishi tabiiy. Chunki muzey nafaqat Amudaryo tumanining qadim oʻtmishi, balki bugungi buyuk oʻzgarishlar, tuman hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi eksponatlarga boyligi bilan har bir qalbda katta taassurotlar uygʻotadi.

Tashkil etilganiga endi 6 oy boʻlgan muzey bugungi kunda tumanga tashrif buyuruvchi mehmonlar va yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. 400 dan ortiq eksponatga ega muzey 2021-yilning 8-may kuni, yaʼni 18-may – Xalqaro muzeylar kuni arafasida tantanali ravishda ochildi.

Avvalo shuni alohida eʼtirof etish kerakki, ikki  qavatli shinam va koʻrkam muzey binosi joylashgan hududda Xotira maydoni ham tashkil etilib, “Motamsaro ona” haykali qad rostlagan. Mangu sukunatga choʻmgan Xotira ayvonlaridagi ramziy Xotira kitoblariga Ikkinchi jahon urushi, Afgʻoniston urushi hamda qatagʻon qurbonlarining ism-shariflari bitilgan. Gulzorlar oralab, oʻz yaqinlari ismini alohida dard, sogʻinch va ehtirom bilan oʻqiyotgan bugungi avlodlarning sokin ovozlari billur favvoralar shiviriga qoʻshilib ketadi va “Inson – aziz, xotira - muqaddas” degan tuygʻu uygʻonadi har bir koʻngilda. Ana shu tuygʻu bilan muzey ostonasiga qadam qoʻyishingiz bilan fidoyi va mehnatkash, tarixiy ildizlari mustahkam, sabr-u matonati ulugʻ Amudaryo elining maʼnaviy-maʼrifiy dunyosi bilan oshno boʻlasiz. Bu yerda sizni muzeydagi har bir buyum tarixi haqida yanglishmasdan, hatto alohida mehr va kuyunchaklik bilan hikoya qilishdan aslo charchamaydigan Shavkat aka Chorshamov kutib oladi.

Muzey hayoti bilan tanishish asnosida  Shavkat akadagi fidoyilikni, har bitta eksponatni oʻzgacha mehr va gʻurur bilan tasvirlashlarini koʻrib: “bu inson shuncha bilimni qachon egalladi ekan?” – deya hayratlanishingiz tabiiy.

Darvoqe, Shavkat Chorshamov kim, u muzeyda qanday vazifa bajaradi? Aslida mehnat faxriysi boʻlgan Shavkat aka Chorshamov hayotining 40-yilini taʼlim-tarbiya sohasiga bagʻishlagan, nafaqaga chiqqach ham el-yurt manfaati, yosh avlodni maʼnaviy yetuk insonlar qilib tarbiyalash yoʻlida fidoyilik bilan yelib-yugurib yurgan tinib-tinchimas inson.

Tumandagi tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyini tashkil etish gʻoyasi bilan turli eksponatlarni  yigʻishni boshlaganida Shavkat Chorshamov yoshgina geografiya va tarix fani oʻqituvchisi edi. Tumanning olis qishloqlariga, choʻl-u dashtlari, eski qoʻrgʻon va qalʼalariga borib, turli davrlarga oid buyumlarni toʻplab, avval oʻzi faoliyat yuritgan 16-sonli umumtaʼlim maktabida moʻʼjazgina oʻlkashunoslik burchagini tashkil etdi. Vaqt oʻtgan sari eksponatlari soni ortib, bu kichik burchakka sigʻmay qoldi. Maktab maʼmuriyati ruxsati bilan eksponatlar geografiya fani xonasiga joylashtirildi. 16-sonli maktabdagi Shavkat Chorshamov tomonidan tashkil etilgan oʻlkashunoslik muzeyiga qiziquvchilar safi oshdi. Hatto  ayrim yurtdoshlarimiz qadimiy buyumlarni olib kelib berishadigan boʻlishdi. Maktab muzeyi joylashgan geografiya fani xonasi endi eksponatlar uchun torlik qiladigan boʻldi.

Shunday kunlarning birida Shavkat Chorshamov tuman gazetasi tahririyatiga keldi.

- Har bir eksponatning oʻz tarixi bor, - dedi u kuyunchaklik bilan. – Buyumlar maktab muzeyi uchun  ajratilgan xonaga sigʻmayapti, uyimda ham ortiqcha joy yoʻq, menga yordamingiz kerak.

Yordam? Jurnalist qanday yordam berishi mumkin? Muharrirning  topshirigʻi bilan gazetaga Shavkat Chorshamovning toʻplagan tarixiy buyumlari va uni qiynayotgan muammo xususida  maqola tayyorladim. Maqola gazetada yoritilgach, oʻsha paytdagi tuman hokimi (Alloh rahmat qilsin) Rajabboy aka Yoʻldoshevning oldilariga kirdim.

- Tumanimizda boʻsh turgan binolar koʻp, birontasini ajratib bersangiz, butun xalq, yosh avlod Sizdan minnatdor boʻlardi, - dedim Shavkat Chorshamov toʻplagan salkam 300 ga yaqin eksponatlar haqida soʻz ochib.

Rajabboy aka meni diqqat bilan tingladilar va:

- Hamma narsaning oʻz oʻrni, vaqti-soati bor, - dedilar bosiqlik bilan. – Boʻsh turgan binolarni “mana, oling, muzey qiling”, deb qaror qabul qilish oson emas. Muzey tashkil etish rejamizda bor, lekin vaqti kelganida, shoshilmaymiz.

Rajabboy aka Yoʻldoshev to muzey binosi qurilgunicha Shavkat Chorshamov toʻplagan eksponatlarni asrab-avaylash zarurligini qayta-qayta taʼkidladilar va albatta Mangʻit shahrining eng chiroyli hududida zamonaviy meʼmoriy yechimga ega komleks inshoot – Xotira maydoni bilan uzviy ravishda muzey uchun bino qurilajagini bildirdilar.

Mana, 1-yildirki nafaqat Shavkat aka Chorshamovning, balki butun tumanimiz ahlining koʻp yillik orzusi amalga oshdi. Rajabboy aka Yoʻldoshev aytganlariday, Mangʻit shahrining eng koʻrkam goʻshasida Amudaryo tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi savlat toʻkib, shahrimiz koʻrkiga-koʻrk qoʻshib turibdi.

Biz fidoyilik haqida koʻp gapiramiz. Oʻz kasbiga, el-yurtga, Vataniga fidoyi insonlarni bilamiz. Lekin oʻz huzur-halovati, shaxsiy manfaatidan voz kechib, umummanfaati, butun bir xalq orzusini amalga oshirish yoʻlida fidoyilik qilguvchi insonlar kam. Boʻlsa ham barmoq bilan sanarli. Shavkat aka Chorshamov ana shunday fidoyilar toifasidan. Salkam 60-yil davomida asrab-avaylab yigʻgan tarixiy buyumlarini goh maktab binosida, goh oʻz xonadonida namgarchilikdan, quyosh nuridan ehtiyotlab saqlash uchun, avvalo insonda kuchli iroda, sabr-toqat boʻlishi joiz. Baʼzan hajmi katta eksponatlarni gard yuqtirmay saqlash maqsadida yashash uyi xonalarini boʻshatishga toʻgʻri keldi, baʼzan namgarchilikdan himoyalash uchun oila ehtiyojiga zarur mablagʻlarini ishlatib yubordi. Lekin intilishdan toʻxtamadi, qachondir bir kuni muzey uchun bino qurilishidan umidini uzmadi. Bugun esa...

Bugun bu fidoyi insonning koʻchasida bayram! Har tomonlama talabga javob beradigan Xotira maydoni kompleksi hududi va Amudaryo tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi uning ikkinchi uyiga aylangan. Har bir kelguvchiga muzey eksponatlari haqida toʻlib-toshib hikoya qiladi. Charchamaydi! Bugunga kelib Shavkat Chorshamov toʻplagan 400 dan ortiq  eksponatning barchasi, har birining tarixi ham xalqniki. Xalq esa bu tabarruk goʻshadan maʼnaviy oziq olish, ajdodlar zakosiga ehtirom koʻrsatish uchun har kuni, har soatda bu maskanni ziyorat qilaveradi.

Muzey eksponatlarining har birining oʻz tarixi, xalqimizning bugungi kunida tutguvchi maʼnaviy oʻrni bor. Ana shu maʼnaviy uzviylikdan kuch oladi Xalq. XVI-XVII asrdan to bugungi kungacha boʻlgan amudaryoliklar tarixi aks etgan eksponatlarda esa Shavkat aka Chorshamovning mehri mujassam. Toshga aylangan daraxt, toshday qotgan choy, bundan 200-yillar avval ajdodlarimiz foydalangan dazmol, toshchiroq, kuvi, chigʻir, keli-kelisop, zagʻama (oʻgʻir), sopol idishlar, baliqchi bobolar foydalangan qayiq, jahonga mashhur mangʻitlik fizik-kibernetik olimlar, aka-uka Muxtor va Amin Saidovlarni ulgʻaytirgan halinchak, mashhur turkman gilamlari, Amuboʻyi ayollarining noyob taqinchoqlari, mursaklari, musiqa asboblari, ayniqsa, XVIII asrda yashagan mangʻitlik meʼmor Eshmuhammad naqqosh tomonidan ishlangan oʻymakor eshiklar muzey eksponatlariga alohida joziba bagʻishlagan.

Darvoqe, Eshmuhammad naqqosh haqida. Bu buyuk meʼmor XVIII asrda yashab, oʻzining mustahkam sharqona meʼmoriy yechimga ega loyihalari bilan nafaqat Mangʻit va Gurlan bekliklarida, balki Xiva xonligining barcha hududlarida yaxshi tanilgan. Elparvar, oʻzi tugʻilgan makonni obodon koʻrishni istagan Eshmuhammad naqqosh Mangʻit qalʼasining yangi meʼmoriy loyihasini ishlab chiqadi. Loyiha shu qadar puxta ishlanadiki, unda qalʼadagi har bir inshoot, koʻcha va guzar, agar qurilgan taqdirda, Xiva shahridan kam boʻlmasligi, hatto minoralari balandligi Xiva minoralaridan ham balandroq boʻlishi nazarda tutilgan Eshmuhammad naqqoshning loyihasi bilan tanishgan xon Mangʻit qalʼasi Xiva xonligining shimoldagi mustahkam qoʻrgʻonlaridan biriga aylanishini istab, loyihani maʼqullasa-da, xonning atrofidagi ayrim gʻalamis mulozimlar Mangʻit qalʼasining bu darajada bekam-u koʻst boʻlishini yoqlashmaydi va Eshmuhammad naqqoshni yoʻq qilish payiga tushadilar. Nihoyat, ular maqsadiga yetishadilar. Xoʻjayli shahridan muhim yumush bilan qaytayotgan Eshmuhammad naqqoshni Mangʻit qalʼasining shimoliy-gʻarbidagi “Qaysar yop” boʻyida bugʻizlab, yopga tashlab yuboradilar.

- Hamma zamonlarda ham xalq ichidan chiqqan manqurtlar ezgulik yoʻliga toʻsiq boʻlishgan, - deydi Shavkat aka boshini chayqab. – Agar shunday boʻlmaganida bu jafokash xalq yuz yillab moʻgʻullar asoratida  yashamasdi, Temur Malik bilan Jaloliddin Manguberdilar fikri  hisobga olinardi. Agar ana shunday manqurtlar oʻz vatandoshlari koʻzini choʻqimaganlarida Hindistondagi afsonaviy Tojmahal Oʻzbekiston bagʻrida qurilgan boʻlardi. Eshmuhammad bobomizga ham bu qadar torlik, dushmanlik qilishmaganida edi, ona shahrimiz Mangʻitning qiyofasi tamoman boshqacha boʻlardi. Yaxshiyam mustaqil boʻldik, mana, tarixiy ildizlarimizdan kuch olayotirmiz.

Nazarimda Shavkat aka Chorshamov ham mustaqillik tufayli oʻz orzusiga yetdi. Salkam 60-yil tarixiy buyumlarni erinmay yigʻdi. Kimdir uning bu ishiga:

- Eski-tuskilarni nima qilasiz? – deya ajablandi. Yana kimdir:

- Vaqt oʻtkazib, kim oshdi savdosiga qoʻymoqchimisiz? – deya kuldi.

Kim bilsin, shaxsiy manfaatini oʻylovchi Shavkat akadan boshqa bir odam boʻlganida, kim bilsin, shuncha tarixiy eksponatni bironta muzeyga sotib, pullarmidi?..

Shunday kezlarda dili ogʻrida uning, lekin ezgu maqsadidan ortga qaytmadi.

- Agar men qilmasam, kimdir shu ishni qilishiga, bu tarixiy buyumlar oʻz qadrini topishiga ishonardim, - deydi u.

Mana, sabr-qanoatning mukofoti – Shavkat Chorshamov  toʻplagan eksponatlar oltindan qimmat, qadrli.

Bundan ham muhimi, el-yurt undan minnatdor. Shavkat Chorshamov uchun bundan ulugʻ baxt yoʻq.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026