30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:34
Fan va taʼlim 👁 3,793

Chet tilini oʻqitish tizimidagi yangiliklar

Chet tilini oʻqitish tizimidagi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2012-yil 10-dekabrdagi Qarori taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitish sifatini yanada yaxshilashga, zamonaviy dunyoqarashga ega avlodni tarbiyalashda muhim vosita boʻlmoqda.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʻyicha yangi davlat taʼlim standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2013-yil 8-maydagi qarori asosida xorijiy tillar fani uchun namunaviy oʻquv dasturlari tasdiqlandi.

Ushbu oʻquv dasturida umumtaʼlim fan-xorijiy til 250 soatga moʻljallanib, DTS talabini toʻliq qamrab olgan.

I kurs oʻquvchilari uchun chet tili oʻqituvchisi oʻz eʼtiborini maksimal darajada mustaqil, yaʼni oʻz-oʻzini boshqarish, taqdimot koʻnikmalarini, matnlar bilan ishlash, yozish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratadi. II kursga kelib oʻquvchilar oʻz kasblari yoʻnalishida kasbiy taʼlim ustasi va chet tili oʻqituvchisi bilan hamkorlikda kurs ishlarini amalga oshiradilar. III kursda esa kollej va litsey oʻqituvchilari ularning xuddi shu hamkorlikdagi diplom ishlarini amalda tadbiq etadilar. Natijada oʻquvchi ikkita ustozning diqqat markazida boʻladi. Shuningdek, kasbiy taʼlim ustasi va chet tili oʻqituvchilari oʻquvchi bilan birga ishlashi natijasida oʻquvchining ham, kasbiy taʼlim ustasining ham chet tilida muloqot imkoniyati oshib boradi. Fan va til oʻqituvchilari birgalikda oʻquvchilar taʼlimini rivojlantirishadi. Oʻquvchining natijasi uchun ikkala tomon oʻqituvchilari masʼuliyatni his etishlari zarur. Ushbu jadval asosida dars olib borish, asosan, oʻquvchilarning mustaqil izlanishlariga qaratilganini koʻrish mumkin. Mazkur jarayon ham fan, ham til oʻqituvchilari tomonidan nazorat qilinib, referat, kurs ishi tarzida oʻquvchi tomonidan taqdimot qilinadi. Bu jarayonda oʻquvchilar oʻqish, yozish, tinglash va gapirish koʻnikmalari bir-biri bilan bogʻliq ekanligini hamda turli kasb yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun qisqa muddatda oʻz sohalarida mustaqil ishlashlari uchun imkoniyat yaratilganligini anglaydi. Bu tajriba turli bilim darajalardagi oʻquvchilar, jumladan, oʻzlashtirishi past boʻlgan yoki turli ixtisosliklarda taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilan ishlashni qamrab oladi. Shunday ekan, xorijiy til oʻqituvchilarining vazifasi leksika va talaffuzni, shuningdek, taʼlimning maʼlum sohasida soʻzlashuv nutqini oʻrgatishda yaqqol koʻrinadi.

Yangi dastur tilni oʻrganishning asosiy shakllarini tashkil qiluvchi 4 ta koʻnikmaga asoslanadi. Bular - tinglash, gapirish, oʻqish va yozish koʻnikmalari.

Yangi namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekistonda xorijiy tilni oʻqitishning xalqaro standartlariga muvofiq keluvchi CEFR xorijiy tillarni oʻrganish, oʻqitish va baholash ramkalaridagi tavsiyalar CEFR (Common European Framework of Reerence for Language)ga moslashtirilgan holda amalga oshiriladi. Bu oʻquv dasturi barcha chet tillarni oʻrganuvchilar uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Xorijiy tillarni oʻqitishda kadrlar salohiyati muhim ahamiyatga ega. Chunki oʻz fanini chuqur biladigan, izlanuvchan, tajribali oʻqituvchilargina yaxshi taʼlim beradi va oʻz bilimini oʻquvchilarga yetkaza oladi.

Bizning Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejimizda 5 nafar ingliz tili fani oʻqituvchilari ishlaydi. Kollejda 2 ta ingliz tili xonasi mavjud boʻlib, ulardan biri lingafon bilan jihozlangan.

Kollejda darslar yangi interfaol usullardan foydalanib oʻtiladi. Namunaviy darslar yangi ped texnologiya asosida oʻtilayapti.

Fursatdan foydalanib, barcha oʻqituvchi va murabbiylarni kasb bayramlari bilan tabriklayman. Ularga sihat-salomatlik, ishlariga muvaffaqiyatlar tilayman!

G.Ahmedova,

Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026