01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:23
Jamiyat 👁 283

“Yangi renessans ishtirokchilari” deb nomlangan grant loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

“Yangi renessans ishtirokchilari” deb nomlangan grant loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

Hayotda shunday insonlar borki, ularning sabr-toqati, matonati, jasoratini koʻrib, oʻz hayotingizni tahlil qilasiz. Boshiga tushgan musibatni yengib oʻtib, olgʻa intiladigan, yon-atrofga, dunyoga muhabbat bilan qaraydigan, jamiyatda oʻz oʻrnini topishga harakat qiladigan bunday kishilardan har qancha ibrat olsa arziydi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan imkoniyati cheklangan fuqarolarni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz imkoniyatlari darajasida kasb-hunar oʻrganishlari, intiluvchan, bilimga chanqoq, nogironligi boʻlan yoshlarning bilimlarini oshirish, dunyoqarashlarini kengaytirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

20-may kuni Amudaryo muhandislik texnikumi binosida Oʻzbekiston nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlimi hamda bir qancha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yangi renessans ishtirokchilari” deb nomlangan grant loyihasi doirasida oʻquv tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlinmasi rahbari Gulsara Jollibekova, tuman Xalq taʼlim boʻlimi, Yoshlar ittifoqi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼullari va boshqa hamkor tashkilot vakillari shuningdek, ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan iqtidorli oʻsmirlar va yoshlarning oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun ularni intellektual mehnat faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Shuningdek, “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida sport, maʼrifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etishning huquqiy asoslari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdilar.

Oʻquv-tadbirida 14 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi boʻlgan oʻsmirlarning kompyuter savodxonligini oshirish boʻyicha koʻnikmalari shakillantirildi. Shuningdek, oʻquvchilar kasbga oʻrgatilib, umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilimlarini mustahkamladilar.

Tadbir yakunida oʻquvchilar homiylar tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shu oʻrinda aytish joizki, jismoniy imkoniyati cheklangan, turli sabablarga koʻra nogiron boʻlib qolganlarning jamiyatga qoʻshilishi uchun sharoit yaratib berish, atrofdagilarning ularga nisbatan mehr-oqibatli boʻlishini taʼminlash hamda ularni ragʻbatlantirish jamiyatning komillik darajasini belgilab beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi xodimlari ham nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatda faol ishtirok etishiga koʻmaklashish orqali ular uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratishga hissa qoʻshib kelishmoqda.

F.Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026