Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi
Qurilish tarmogʻi iqtisodiyotning barcha sohalari moddiy-texnik bazasini yaratishda hamda aholining shinam uy, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi xizmatlari, shuningdek, madaniy xordiqqa boʻlgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol oʻynaydi.
Qurilish sohasidagi davlat siyosati mamlakat, mintaqalar va tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlash maqsadida innovatsiyalar, investitsiyalar, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish orqali tarmoq salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021- 2025-yillarga moʻljallangan STRATEGIYaSI tasdiqlandi.
Qurilish tarmogʻida boshqaruvning zamonaviy uslublarini shakllantirish, loyihalarni amalga oshirishda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va innovatsion yechimlarni joriy etishga yoʻnaltirilgan oʻzgarishlarni amalga oshirish Strategiya maqsadi hisoblanadi.
Strategiyada belgilangan yoʻnalishlar, maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-aprel kungi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan qurilish va arxitektura sohasida 7 ta maʼmuriy reglamentlar tasdiqlandi.
Shulardan biri Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti boʻlib xisoblanadi.
Ariza beruvchi Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Maʼlumotnoma olish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga elektron shaklda yuboriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida soʻrovnomada koʻrsatilgan obʼektning kadastr raqami orqali Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimiga kirib real vaqt rejimida koʻchmas mulk obʼektining joylashgan joyini aniqlaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha obʼekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligini oʻrganadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari belgilangan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.
Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida elektron xabardor tarzda qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.
Umida Saparbayeva,
Tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶