IJODKORNING KÖNGIL MULKIDAN ÇIQQAN YaNA BIRTUHFASI
Ijod – bu alohida olam. Har bir ijodkor öziga xos olam yaratadi. Unga özgalarni olib kirib, taniştiriş va maftun etiş uçun esa juda katta mahorat bilan birga çuqur bilim, iqtidor kerak.
Köp yillar taʼlim sohasida fidoyilik bilan mehnat qilgan, yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qöşgan faxriy öqituvçi Tursunboy Abdullayev ham öz uslubiga, muxlislariga ega bölgan sermahsul ijodkordir.
U avvalo özi tuğilib-ösgan Amudaryo xalqi, mahalliy aholi tili bilan aytganda kelin salomlar yaratuvçisi, söz sanʼatkori. Ötgan yillar davomida elning quvonçli kunlarida, töylarida özi ijod qilgan kelin salomlari bilan nafaqat tumanda, balki, qöşni tumanlar, Xorazm viloyati, hatto Turkmaniston davlatida ham mehr qozondi. Şuningdek, har xil mavzudagi şeʼr va muxammaslar, dolzarb muammolar va ğoyalarni özida mujassamlagan hikoya, hangomalari bilan tuman gazetasida iştirok etib, öz muxlislarini topişga erişdi. Ijodkor muallifligidagi “1001 salom va yangi salomlar” deb nomlangan kitobida özi yaratgan nasihatomuz, samimiy kelin salomlarini mujassamlagan. Tumandagi “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalarida yoruğlikka yuz tutgan hikoya va hangomalari ham nihoyatda xalqçil.
Men söz yuritmoqçi bölayotgan ijodkorning yangi asari, yaqinda kitob holida çop etilgan “Itmisan, börimisan, Lobo?!” nomli qissasi ham keng qamrovliligi, samimiyligi va hatto tarbiyaviy ahamiyati bilan muxlislar qalbidan çuqur joy egallaşiga, kitob javonidagi eng sevimli kitobiga aylanişiga işonçim komil. Qissada tabiat, jonivorlar va odam munosabatlari misolida insoniylik, mehr-oqibat, qadimiy va milliy urf-odat, anʼanalar, şu bilan birga hayotda duç kelinadigan salbiy illatlar, ularning oqibatlari ham aks ettirilgan.
Asarda asosiy qahramon Botir obrazi va uning bolalikdan dösti bölgan Lobo laqabli it keçinmalari hayotiy ifodalar bilan berilgan. Unga qöşni Turkmanistonda yaşaydigan toğasining kiçkina kuçukça, turli kitoblar keltirib berişi, kiçkinaligidan tabiatga va jonivorlarga mehr qöyişga, hayotni kitoblardan örganişga daʼvat etişi, otasi Bahrom aka va onasi Oysara opalarning insoniylikni, mehr-oqibatni qadrlaşga undaşi har qanday yoşdagi öquvçining eʼtiborini öziga jalb eta oladi.
T.Abdullayevning uşbu ijod mahsuli bilan tanişib çiqqan muxlislardan Tozaboy Matçonov samimiy fikrlar bildirib, asarning tarbiyaviy ahamiyati kattaligini, yöqolib borayotgan urf-odatlar qahramonlarning xatti-harakati orqali körsatib berişga harakat qilingani, Nuraddin doyi obrazi orqali kitobxonlikning ahamiyati, şu bilan birga giyohvandlikdek illatning inson hayotiga salbiy taʼsiri dalillar bilan körsatib berilgani haqida söz yuritgan. Qissa haqida öz taassurotlarini aytar ekan, har bir qahramonga munosabat bildirgan: “Komil moliya obrazi mard, sözida turadigan inson ekan. Uning öğlim haqi vaʼda beraman, deganda Bahrom akaning farzand Alloh tomonidan berilgan neʼmat ekanligini taʼkidlab ötişi juda ahamiyatli suhbatlardir. Asardagi Ğaybu qişloğidagi töyda Loboning Qora Qoplon bilan urişişi, uning Botirning ovozini eşitişi va yutqazib qöyişi kabilar va boşqa voqealar juda qiziqarli tasvirlangan. Ayniqsa, orada ança vaqt ötgandan keyin Qora Qoplonni baribir yengişi va Botir bilan uçraşuv lahzasi közimga yoş keltirdi.”
Darhaqiqat, qissani öqiş davomida voqealar bir-biriga boğlanib, rivojlanib borayotganini anglaysiz va şu barobarida har bir syujetni eʼtiborsiz qodirmasdan uqib olişga urinasiz. Qişloq manzaralari, töy-haşam va bayramlar, asar qahramonlarining mehmondorçiliklari şunçalik mahorat bilan tasvirlanganki, har biri köz öngingizda gavdalanib, bor böyi bilan namoyon böladi. Insoniyat paydo bölganidan beri yonma-yon yaşab kelayotgan jonivorlardan biri bölgan itning keçinmalari, odamzot bilan munosabati bayon etilgan epizodlarni öqib, muallifning uşbu ijod mahsulini yaratiş uçun qançalik köp ter tökkani, izlanib-örganganini yaqqol anglaş mumkin. Bu, albatta, oz mehnat evaziga bunyod bölmaydi.
T.Abdullayevning ijod namunalarining birinçi öquvçilaridan bölgan farzandi Gulasal Abdullayeva ham qissa haqidagi taassurotlari bilan bölişar ekan, bu asar ijodkorning köngil mulkidan çiqqan, köpdan kutilgan navbatdagi tuhfasi bölganligini eʼtirof etadi: ”Har bir satri otam uçun farzandidek aziz bölgan salomlari kabi bu qissa ham kitob holida çop etilgani muxlislar uçun katta sovğa böldi, desam aslo adaşmayman. Otamning insonlarga munosabati bölakça, yaʼni kattami, kiçikmi, ayolmi, bolami har birining köngliga yöl topa oladilar. Jonivorlarni ham yaxşi körişini bilardim-u, lekin bunçalik köp sirlaşişlarini heç sezmagan ekanman. «Itmisan, börimisan Lobo?!» deb kitob muqovasini öqidim-u, tezda borib qölimga olsam, öqisam deb taraddudlana boşladim. Kitobni varaqlar ekanman, qahramonlar barçasi oddiy xalq vakillari ekanligi diqqatimni tortdi. Insoniyatni qiynayotgan giyohvandlik balosi, katta daromadlar tikilgan qimorbozlik kabi salbiy illatlar izidan adaşganlar, odamlarning yaxşi kunlaridan ham yomon niyatda foyda köradigan kuşandalar taqdiri, hatto jonivorlardan ham öz nafsi yölida turliça foydalanadigan şaxslar haqidagi hayotiy asoslangan hikoyalar tizgini öquvçini öziga tortadi.”
U muxlis sifatida asar bilan tanişib, ilmli, aqlli va öz kasbining ustasi bölgan Nuraddin doyi obrazi orqali hayot sinovlari heç kimni öz domiga tortmasdan qöymasligi, salgina irodasizlik va loqaydlik tufayli bor-yöğidan ayriliş heç gap emasligi, hayotiy hikoyalar ketma-ketligi kişini yana öqişda davom etişga çorlaşini mamnuniyat bilan ifoda etadi. Şuningdek, hayvonlarda sodir böladigan keçinmalarni tasvirlaş uçun yozuvçi köp kitob öqigan va hayoti davomida ularni parvarişlab, ular bilan tillaşgan yoki şu soha bilimdoni bölişi lozimligini taʼkidlaydi.
Darhaqiqat, har ikkala muxlis eʼtirof etganidek, muallif öz asarida Botir obrazi orqali insonlarning tabiatga eʼtiborini qaratişga, jonivorlarga mehr hissini uyğotişga harakat qilgan. Hayotiy voqealarni tuşunarli va sodda tilda samimiy bayon qilib, köngillarga töğri kirib borişini istagan va bunga tom maʼnoda erişgan. Albatta, qissada tasvirlangan qiziqarli voqea-hodisalar, uçraydigan joy nomlari, milliy urf-odatlar, töy-tomoşalarda bölib ötgan qiziqarli bellaşuvlarni bir-biriga boğlaş ijodkordan katta mahorat va sinçkovlik talab etadi. Bu bilan u kitobxonlarning qiziqişini oşirib, eʼtiborini tortişning uddasidan çiqqan.
Elimizda taniqli bölgan ijodkor, faxriy ustoz T.Abdullayevning qalamiga mansub bölgan uşbu «Itmisan, börimisan Lobo?!» qissasini Siz kitobxonlarga, albatta, öqib çiqişni tavsiya qiliş bilan birga, muallifga ijodiy barkamollik tilab, yangi-yangi asarlar kutib qolamiz.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶