Soliq toʻlashdan qochgan “tadbirkor” jazolandi
Tadbirkorlar oʻrtasida soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash yoki savdodan tushgan naqd pullarni bankka topshirmaslik kabi holatlar hamon uchrab kelmoqda. Shundaylardan biri Beruniy tumanida davlat roʻyxatidan oʻtgan “BERUNIY BIZNES TRADING 2020” MChJdir.
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida, Beruniy tumanida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “BERUNIY BIZNES TRADING 2020” MChJ rahbari J.A. Davlat soliq inspektsiyasiga soliq hisobotlarini qasddan topshirmasdan, 2020-yil yakuni boʻyicha 245 mln. 49 ming soʻm soliq toʻlovlarini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelganligi aniqlandi.
Bayon etilganlarga koʻra, boʻlim tomonidan 2021-yilning 11-aprelida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va sud tomonidan jazo muqarrarligi taʼminlandi.
N.Sheraliyev,
Departamentning Hujjatli tekshirishlar
boʻlimi bosh taftishchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶