30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:34
Jamiyat 👁 358

«ONA TABIAT BAGʻRIDA BIR KUN» MAVZUSIDA AMUDARYoLIK YoShLAR UChUN QUYI AMUDARYo DAVLAT BIOSFERA REZERVATIGA SAYoHAT UYuShTIRILDI

«ONA TABIAT BAGʻRIDA BIR KUN» MAVZUSIDA AMUDARYoLIK YoShLAR UChUN QUYI AMUDARYo DAVLAT BIOSFERA REZERVATIGA SAYoHAT UYuShTIRILDI

Atrofimizni oʻrab turgan jonli tabiat betakror goʻzalligi, turfa neʼmatlari bilan hayotimizga fayz bagʻishlab turadi. Inson hayoti  uchun eng zaruriy manba – bitmas-tuganmas kislorod fabrikasi, koʻzlarimizga quvonch bagʻishlovchi fauna va florasi naqadar bebaho ekanligini anglash, bu goʻzallikni boyitishga hissa qoʻshish – nafaqat oʻzimiz, balki insoniyat uchun azaliy qadriyatdir. Chunki ona tabiatsiz biz hech kim emasmiz va oʻzimiz jonajon tabiat mahsulimiz.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan yoshlarning ekologik madaniyatini shakllantirish, ekologik bilimini va ekologiyaga boʻlgan munosabatini, mehr-muhabbatini kuchaytirish munosabatini, mehr-muhabbatini kuchaytirish maqsadida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga tez-tez sayohatlar tashkil etilib, atrof-muhit muhofazasiga bagʻishlangan targʻibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Maʼlumki, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 2021-yil 16-sentyabrda YuNESKOning  “Inson va biosfera” dasturi doirasida butunjahon  qoʻriqxonalari tarmogʻiga kiritildi. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Amudaryo quyi oqimining shimoliy qismida, Orol dengizining sobiq sohili janubiy-sharqida joylashgan boʻlib, bu Markaziy Osiyodagi eng yirik tabiiy toʻqaylardan biri hisoblanadi. U global nuqtai nazardan yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turgan noyob ekotizmdir.

Bu hudud oʻsimliklar va hayvonlarning muhim yashash joyi  boʻlib, Oʻrta Osiyoning choʻl mintaqalarida eng yuqori  biologik xilma-xilligi bilan ajralib turadigan va shuningdek, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan Buxoro kiyiklarining qoʻriqlanadigan tabiiy yashash joyidir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan yaqinda amudaryolik yoshlar uchun uyushtirilgan “Ona tabiat bagʻrida bir kun” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy va ekologik targʻibot-tashviqot tadbirida bu haqda yoshlarga mutaxassislar tomonidan zarur tushuncha va maʼlumotlar berildi.

Yoshlar Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida joylashgani, Markaziy Osiyo oʻrmonlarining 20 foizi, Oʻzbekiston oʻrmonlarining 74 foizi ushbu hududga  toʻgʻri kelishi haqidagi qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Umumiy yer maydoni 69 ming gektarni tashkil etuvchi mazkur biosfera rezervatidagi mavjud 419 turdagi oʻsimliklarning 2 turi, 36 turdagi hayvonlarning 1 tasi, 43 xil baliq turining 12 tasi, 246 qushlar turidan 23 ta si Qizil Kitobga kiritilgani haqidagi maʼlumotlar sayohat ishtirokchilari boʻlgan yoshlar qalbida atrof-muhit, ayniqsa, jonli tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish tuygʻusini uygʻotdi.

Ayniqsa, yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi, oliy taʼlim muassasalari professor oʻqituvchilari, talabalari bilan hamkorlikda Buxoro bugʻularining populyatsiyasi, biosfera rezervati entemofaunasi, hududdagi oʻsimliklarning monitoringi, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga katta qiziqish bildirdilar.

Yoshlar jonli tabiat moʻʼjizalari bilan oshno boʻlib, Buxoro bugʻulari va turfa qushlar, oʻsimliklar olami bilan yaqindan tanishdilar. “Ona tabiat bagʻrida bir kun” mavzusida, amudaryolik yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy va ekologik targʻibot-tashviqot sayohat tadbiri yoshlarning ekologiya va atrof-muhit boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026