30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:32
Fan va taʼlim 👁 3,038

Oʻttiz yillik ziyo maskani

Oʻttiz yillik ziyo maskani

Qaysi yurtda yashovchi insonlarning tafakkuri, iqtidori, salohiyati haqida gap ketsa, albatta, u yerda joylashgan taʼlim maskaniga va u yerda faoliyat yuritayotgan ustoz murabbiylar mehnatiga baho beriladi. Chunki, allomalar fikricha "Fikrning quvvati, ziynati va uning kengligi ustoz muallimning tarbiyasiga bogʻliqdir”.

Bizning 40-son umumtaʼlim maktabi jamoasi ham allomalar fikrini inobatga olgan holda mehnat qilmoqdalar.

Maktabimiz 1984-yilda tashkil topgan. Maktab binosi ikki qavatli, zamonaviy uslubda qurilgan boʻlib, 1176-oʻringa moʻljallangan. Bugungi kunda 933 nafar oʻquvchi bilim olmoqda. Ular 31 ta sinfga taqsimlangan boʻlib, 26 ta sinf xonasi, 11 ta fan xonalari,12x24 hajmdagi sport zali, 120 oʻrinli oshxona va 120-oʻrinli faollar zali mavjud. Maktab 2013-yil Davlat "Investitsiya dasturi” ga asosan kapital taʼmirdan chiqarildi va 546 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi. Oʻquvchilarning zamon talablari darajasida sifatli bilim olishlari uchun sharoit yaratildi. Maktabga 12-sinf mebel jamlanmasi, fizika oʻquv-laboratoriya jihozlari, soʻnggi rusumdagi kompyuter jamlanmasi, sport jihozlari, oshxona va faollar zali uchun stol-stullar yangidan keltirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida maktabda 3 ta ingliz tili sinfxonalari jihozlandi, 3 ta televizor, 3 ta magnitola, 2 ta videoproyektor va noutbuklar mavjud. 2013-2014 oʻquv yilida 112 nafar 2-sinf oʻquvchilaridan 52 nafar oʻquvchi tanlab olinib, ingliz tilini chuqur oʻrganuvchi 2 ta sinf tashkil qilindi, hozir ular 3-sinfda oʻqimoqdalar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasb-hunar taʼlimi boshqarmasining 2014-yil 28-avgustdagi qoʻshma buyrugʻiga asosan maktab Qoraqalpogʻiston Respublikasida beshinchi tajriba maydonchasi qilib belgilandi. Oʻqituvchilar boshlangʻich sinf, ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, matematika, iqtisodiy bilim asoslari, davlat va huquq asoslari, tarix, jismoniy tarbiya, qoraqalpoq tili fanlaridan tajriba-sinov ishlarini olib boradilar. Bu sohada Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji bilan hamkorlik qilinmoqda.

2014-2015 oʻquv yilida maktabning 1-sinfida kuni uzaytirilgan guruh tashkil qilinib, 31 nafar oʻquvchi kuni uzaytirilgan guruhda tarbiyalanmoqda. Oʻquvchilarga 69 nafar oʻqituvchilar dars beradi. Jamoamiz tuman, Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida oʻtkaziladigan maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarda hamisha faol qatnashadi. Maktab oʻquvchilari "Oʻyla, izla, top!”, "Zarb”, "Yangi avlod”, "Yashil chiroq”, "Kelajak ovozi” kabi tanlovlarning tuman, viloyat va Respublika bosqichi gʻolibidirlar.

Maktab oʻquvchilari 2009-2010 oʻquv yilidan buyon "Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichida samaradorlik boʻyicha birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallab kelmoqdalar. Oʻquvchilar orasida sportning boks, dzyudo, kurash turlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionlari mavjud. Maktabda ingliz tili, rus tilini oʻrgatuvchi "Til markazi”, ona tili fani boʻyicha "Mahorat maktabi” faoliyat yuritmoqda. Ajiniyoz nomidagi NDPI bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻqituvchilarimiz orasida "Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida qatnashish anʼanaga aylangan. 2004-2005 oʻquv yilida geografiya fani oʻqituvchisi Zamira Eshmurodova, 2007-2008 oʻquv yilida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Sayyora Jumamurodova,2008-2009 oʻquv yilida tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Gulshod Sobirova, tarix fani oʻqituvchisi Xushroʻy Eshchanova, matematika fani oʻqituvchisi Muhabbat Rahimova, 2011-2012 oʻquv yilida ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Inobat Qlicheva, 2012-2013 oʻquv yilida ingliz tili fani oʻqituvchisi Saida Karimovalar tanlovning turli bosqichlarida gʻolib chiqqan boʻlsalar, 2013-2014 oʻquv yilida tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Karomat Xudoyberganova tanlovning Oʻzbekiston bosqichida muvaffaqiyatli qatnashdi.

2014-yil may oyidamen "Yangi davr rahbari” tanlovida ishtirok etib, faxrli ikkinchi oʻrinni egalladim. Maktabning maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova esa "Yilning eng faol maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari” tanlovining tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashdi. Maktab jamoasi yil yakunlariga koʻra tumanda "Eng yaxshi bezatilgan maktab”, "Yangilikka intiluvchi eng yaxshi maktab” nominatsiyalariga sazovor boʻldi.

Mehnat jamoasining shakllanishida faxriy oʻqituvchilar rahmatli Nurim Jumaniyozov, Norimbat Qutlimurodov, Maryam Haydarova, Shavkat Arslanov kabi ustozlarning mehnatlari koʻp boʻlgan. Bugun Qodirbergan Jumamurodov, Soliy Sobirov, Ahmad Masharipov, Raifa Tinchurina, Jangil Bobojonova, Xushroʻy Eshchanova, Momojon Annamedova kabi ustozlar faxriylik gashtini surmoqdalar. Hukumatimiz tomonidan ularning mehnatlari munosib taqdirlangan. Qodirbergan Jumamuradov – "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi”, Raifa Tinchurina – "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi” unvoniga ega boʻlsalar,Xushroʻy Eshchanova – "Shuhrat” medali sohibasidir.

Xullas, maktabda bugungi kun oʻquvchilarining zamon talablari darajasida bilim olishlari uchun barcha sharoit yetarli. Jamoa aʼzolari buni toʻliq his qiladilar va shunga monand ishlashga intiladilar. Shu dargohda mehnat qilgan barcha ustozlarni va tumanimizda faoliyat yuritayotgan hamkasblarimizni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz. Ularga mustahkam sogʻlik, oilalariga tinchlik -xotirjamlik va ishlarida yutuqlar tilab qolamiz.

Sanobar Xoʻjamurodova,

40-son umumtaʼlim maktabi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026