“Obod qishloq” dasturi doirasida Toʻlqin ovulida amalga oshirilayotgan ishlar sifati oʻrganildi
Bugungi kunda yurtimizda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli koʻplab mahalla va qishloqlar goʻzal qiyofa kasb etmoqda. Dastur doirasida odamlarning yashash sharoitini yaxshilash, ijtimoiy soha obʼektlaridan toʻlaqonli foydalanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida keng koʻlamli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Amudaryo tumanining Toʻlqin ovuli va Ayoqchi mahallasi hududlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan boʻlib, bugungi kunda dastur doirasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal surʼatlar bilan davom etmoqda.
Yaqinda tuman hokimi S.Yoʻldashev hamrohligida prokuratura organlari vakillari − Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori oʻrinbosari, Adliya katta maslahatchisi Ravshan Bauaddinov, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Komolov hamda buyurtmachi tashkilot rahbarlari “Obod qishloq” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toʻlqin ovulida boʻldilar.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, dastur doirasida amalga oshiriladigan qurilish va taʼmirlash ishlari uchun jami 10,3 mlrd. soʻm miqdorda mablagʻ ajratilgan.
Bugungi kunda ushbu mablagʻlarning bir qismiga Toʻlqin ovuli hududidagi 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi mukammal taʼmirlanmoqda. Shuningdek, 10,5 kmli ichki yoʻllarga tosh-shagʻal, va asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bajarilmoqda.
Undan tashqari, Toʻlqin ovuli hududida 2 mlrd.soʻm mablagʻ evaziga 4 ta suv inshooti hamda 1 mlrd. 550 mln.soʻm evaziga 7 ta bozor infratuzilma obʼektlari qurilmoqda.
Ovul hududida isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlanish sifatini yanada yaxshilash masalalariga ham alohida ahamiyat berilib, 7,6 mln.soʻm evaziga 4,4 km uzunlikdagi gaz quvurlari va 19 ta gaz taqsimlash punktlari tamʼirlanmoqda.
Qolaversa, ovul hududiga yangidan koʻchib kelgan yosh oilalarning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida 3,3 km uzunlikdagi elektr liniyalarini tortish, 3 ta yangi transformator oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Undan tashqari, 2 km piyodalar yoʻlakchasini qurish, 80 ta tungi yoritgich chiroqlarini oʻrnatish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.
Buguni kunda, 4 ta yangi turdagi chiqindi konteynerlarini oʻrnatish, 60 ta yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash, 4 km aloqa liniyalarini tortish ishlarini ijrochilarni tanlab olish maqsadida tender savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.
Bugun yurtimizda, xususan, tumanimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad − aholining farovon turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratishdan iboratdir. Zero, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, odamlar yurtimizda kechayotgan islohotlarni yaqin kelajakda emas, bugun, real hayotida his etib yashashlari darkor.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶