02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 09:44
Sport 👁 365

DXX Raisi kubogi uchun oʻtkazilgan futbol musobaqalarida 3-oʻrinni egallagan Xolimbeg ovuli jamoasi ragʻbatlantirildi

DXX Raisi kubogi uchun oʻtkazilgan futbol musobaqalarida 3-oʻrinni egallagan Xolimbeg ovuli jamoasi ragʻbatlantirildi

Joriy yilning aprel oyida 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi uchun futbol musobaqalariga start berilgan edi.

9-avgust kuni mazkur musobaqalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 3-oʻrinni egallagan Amudaryo tumanining Xolimbeg ovuli jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mahalla yoshlarini birlashtirish, boʻsh vaqtlarini koʻngilli oʻtkazish, ular orasida sportni ommalashtirish, isteʼdodli futbolchilarni kashf etish maqsadida keyingi yillarda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan bu musobaqa joriy yilda ayniqsa uyushqoqlik bilan oʻtkazildi va nufuzi oshdi. Mamlakatimiz miqyosida barcha mahallalar futbolsevarlar yoshlari jamoalari ishtirokidagi bahslar mahalla, sektor, tuman, shahar, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazildi va mamlakat bosqichida ishtirok etadigan jamoalar aniqlandi.

Shunisi quvonchliki, yaqinda ushbu musobaqaning Qoraqalpogʻiston bosqichida faxrli 3-oʻrin uchun daʼvogar boʻlgan Taxtakoʻpir va Amudaryo tumanlari futbolchilari oʻrtasida oʻtkazilgan bahsda Amudaryo tumanining Xolimbeg ovuli yoshlari raqiblar darvozasiga 7-marta toʻp kiritib, ishonchli gʻalabaga erishdilar.

Ovulning 16 nafar yoshlaridan tuzilgan jamoa avval ham koʻpgina nufuzli musobaqalarda qatshanib, gʻolib va sovrindor boʻlib kelayotgan edi. Qoraqalpogʻiston miqyosida 424 mahallaning yosh futbolchilari orasida uchinchi oʻrinni egallash ham oson boʻlmadi. Jamoaning 16 nafar aʼzosi ham ushbu  bahsda bor iqtidorini namoyish etishga intildi, gʻolib chiqish uchun kurashdi. 7:0 hisobi bilan bahsni yakunlaganlarida charchoqni ham unutib, quvonganlaridan bir-birlarini qutladilar.

Davlat Xavfsizlik xizmati Raisi kubogi uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasi Qoraqalpogʻiston bosqichi gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi xolimbeglik futbolchilar uchun oʻchmas taassurotlar qoldirdi. Taniqli futbol hakami, instruktor, Oʻzbekiston futbol Federatsiyasi vitse prezidenti Ravshan Ermatov ularni bu gʻalabasi bilan qutlab, qimmatbaho sovgʻalar topshirdi, murabbiylari chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini binosida sovrindor futbolchilar uchun tashkil etilgan tantanali tadbirda fuqarolar yigʻini raisi Zarifboy Ollamov sportchilarni erishgan gʻalabasi bilan fuqarolar yigʻini hamda ovul aholisining nomidan qizgʻin qutladi.

Ayniqsa, yakuniy bahsda raqib darvozasini bexato nishonga olgan Joʻrabek  Togʻayev, uning jamoadoshlari Abdulla Doʻschanov, Akmal Komilov, Azamat Davlatboyev, Farrux Matkarimov, Behzod Hayitboyev, Shamshiddin Oʻrozboyevlarga ovul sport sharafi yuksalishiga munosib hissa qoʻshgani uchun rahmatlar aytdi.

Yana bir eʼtirofga arzigulik maʼlumot: Davlat xavfsizlik xizmati Raisi Kubogi musobaqasining Qoraqalpogʻiston bosqichi bahslarida aynan xolimbeglik Shamshiddin Oʻrozboyev “Eng yaxshi oʻyinchi” deya eʼtirof etildi.

Yosh futbolchilarni murabbiy Yangiboy Eshimbetov, jamoa sardori Gʻafur Yangiboyevlar ham qizgʻin qutlab, kelgusi yilda ushbu anʼanaviy musobaqaning mamlakat miqyosidagi gʻolibi boʻlishini tiladilar.

Sevara Ismoilova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026