16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:49
Jamiyat 👁 291

BOQUVChISINI YOʻQOTGAN AYoLLAR FARZANDLARIGA MAKTAB FORMALARI SOVGʻA QILINDI

BOQUVChISINI YOʻQOTGAN AYoLLAR FARZANDLARIGA MAKTAB FORMALARI SOVGʻA QILINDI

Yurtimizda aholining kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan eʼtibor kun sayin oshmoqda. Bu boradagi Prezident va hukumat qarorlariga koʻra, aholining ushbu qatlamiga har tomonlama gʻamxoʻrliklar koʻrsatilmoqda.

Amudaryo tumanida ham bu borada sektorlar kesimida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayni kunlardagi maktablarda yangi oʻquv yili boshlanish arafasida ham bu ezgu ishlar davom ettirilib, kam taʼminlangan oilalar farzandlariga maktab formalari, oʻquv qurollari, darslik va boshqa kitoblar yetkazib berilmoqda.

24-avgust kuni Qilichboy ovuli, yaʼni 2-sektor hududida yashovchi, "Ayollar daftari"ning 3-bosqichida roʻyxatga olingan, boquvchisini yoʻqotgan hamyurtlarimizning xonadonlariga sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, prokuror yordamchisi Abbaz Niyazimbetov va tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilov, fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov va boshqalar tashrif buyurib, hol-ahvol soʻrashdi. Ularning farzandlariga maktab formasi, kitoblar va sport qurollarini sovgʻa qilishdi.

Maʼlumki, joriy yilning 31-martida Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 145-sonli qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga asosan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqildi. Ushbu Nizomda kam taʼminlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay oʻrganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash tartibi belgilab berildi. Shunga koʻra “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga 6 toifa boʻyicha alohida manzilli va 3 toifa boʻyicha umumiy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.

Barcha joylarda boʻlgani kabi 2-sektor hududida ham “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlar 6 ta toifaga ajratilib, ularga manzilli yordam koʻrsatilmoqda. Ushbu ayollarning voyaga yetmagan farzandlari, qaramogʻida yoshidan qatʼiy nazar I guruh nogironligi boʻlgan farzandlariga davolash, dori vositalari olib berish va boshqa yordamlar koʻrsatish kabilar borasida amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Sektor rahbari va boshqa masʼullar tomonidan oʻz farzandlariga koʻrsatilgan gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻlgan ayollar bunday eʼtibor uchun Prezidentimizga, homiylarga minnatdorchilik bildirishdi.

Yangi oʻquv yili boshlanishi arafasidagi shu kunlarda bozorlarda ota-onalar farzandlariga maktab formasi, oʻquv qurollarini, sport kiyimlari va boshqa zarur narsalarni olib berib, ularni xursand qilishmoqda. Bunday kezlarda kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda voyaga yetayotgan va boquvchisini yoʻqotgan ayollarning oʻgʻil-qizlarga gʻamxoʻrlik qilish, ularning koʻnglini koʻtarishning savobi nihoyatda ulugʻ.

Sovgʻalarga ega boʻlgan bolajonlar ham ertaga boshqa tengdoshlari qatori yangi oʻquvchi formalarida maktabga otlanib, joriy oʻquv yilini koʻtarinki ruh bilan boshlashadi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019