Bir guruh faollar Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining Qaroriga muvofiq bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy yuksalishi, barcha sohalardagi islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishidagi xizmatlari, yurtimizni har tomonlama rivojlantirishi va xalqimizning farovon turmushini taʼminlash yoʻlidagi fidoyi mehnatlari, jamiyatimizdagi millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan hissalari hamda ijtimoiy – siyosiy hayotdagi faolligi uchun mukofotlanganlar orasida tumanimiz vakillari ham bor.
Xususan, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yuldashboy Abdalov “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”, Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi boshligʻi Olimboy Halimov hamda tuman Tibbiyot birlashmasi markaziy kasalxonasi reanimatsiya boʻlimi mudiri Shuhrat Chorshamovlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi” unvonlari bilan, tomorqa yer egasi Mahmudjon Norboyev «Oʻatan pidayisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Yurtimizning fidoyi oʻgʻlonlarini yuksak mukofot bilan qizgʻin tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶