01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:32
Jamiyat 👁 316

Toʻlqin ovulida "Obod qishloq" dasturiga muvofiq 9 milliard 370 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi

Toʻlqin ovulida "Obod qishloq" dasturiga muvofiq 9 milliard 370 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi

Mamlakatimizda keyingi yillarda hududlarni obodonlashtirish, koʻklamzorlashtirish orqali fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, turmushi sifatini oshirishga eʼtibor kuchaymoqda. Bunda “Obod qishloq” dasturi muhim oʻrin tutayapti. Dasturga muvofiq hududlarda transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan birga xizmat koʻrsatish shohobchalari tashkil etilib, aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiluvchi koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilayapti.

Toʻlqin ovuli ham joriy yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli oʻzgacha qiyofa kasb etmoqda. Ovulda dasturga muvofiq 9 milliard 370 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini mukammal taʼmirlash, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 3,3 kilometrlik liniya tortish va 3 ta transformator punktini oʻrnatish, tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 4,4 kilometrlik liniya tortib, 19 ta gaz taqsimlash punktlarini taʼmirlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 4 ta ichimlik suvi inshootini yangidan qurish, 80 dona tungi yoritgichlar oʻrnatish, 4 kilometrlik aloqa tarmoqlarini tortish, 4 ta chiqindi konteynerlarini oʻrnatish, 7 ta tadbirkorlik obʼektlarini qurish va 80 ta aholi uy-joylarini taʼmirlash ishlari ham shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda “Temir beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini mukammal taʼmirlash ishlarini poyoniga yetkazish arafasida. Qolgan obʼektlarda ham ishlar qizgʻin davom ettirilayapti.

Yoʻllar – xalqimiz turmush tarzi qandayligini koʻrsatuvchi omillardan biridir. Tekis, ravon yoʻllar barcha yoʻlovchilarga ham zavq bagʻishlaydi, ham koʻzlagan manzillariga eson-omon, xush kayfiyatda yetib borishini taʼminlaydi.

Toʻlqin ovulida dastur doirasida 11 kilometrlik ichki yoʻllar taʼmirlanishi rejalashtirilgani aholini juda quvontirgan edi. Boisi, bolalar maktabga qatnashida, kichkintoylarni bogʻchalarga olib borish-olib kelish, ishga qatnashda yoʻllar nosozligidan ular ancha aziyat chekishayotgan edi.

Taʼmirlanadigan yoʻllarning 0,6 kilometriga shu kungacha rejaga koʻra beton qoplama yotqizish ishlari yakunlandi. Bu ishni “Aral Gidro Stroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati yoʻlsozlari ado etishdi.

Shuningdek, Shukrona, Boysun-2, Boysun-3, Bogʻonali, Bogʻonali-1, Bogʻonali-2, Qadriyat-4, Xosiyat, Eʼtiqod-2, Eʼtiqod-3 koʻchalarining 5,8 kilometr qismini joriy taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Yurt shamoli, Shabnam-2, Kulobod-2, Kulobod-3, Qadriyat-2, Shabnam, Mehridil, Kamolot, Hilol koʻchalarining 5,2 kilometr qismini joriy taʼmirlash ishlari tugallandi.

Qurilish ishlarini “Beruniy tuman yoʻllardan foydalanish” unitar korxonasi yoʻlsozlari amalga oshirmoqdalar. Shunisi eʼtiborliki, zahira mablagʻlari hisobidan ovulning Turon, Maʼrifatchilar, Quvonch koʻchalarining 1,77 kilometr qismining joriy taʼmirlanayotgani ovul aholisiga ulkan qulaylik yaratadi.

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” Bu gʻoya yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha yangilanishlar, oʻzgarishlar, bunyodkorliklarda oʻz ifodasini topmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026