01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:28
Jamiyat 👁 482

Mangʻit arna kanalining Arnaboʻyi mahallasidan oʻtuvchi qismiga mustahkam koʻprik qurildi

Mangʻit arna kanalining Arnaboʻyi mahallasidan oʻtuvchi qismiga mustahkam koʻprik qurildi

Muqaddas islom dinimiz taʼlimotlariga koʻra inson vafotidan soʻng barcha solih amallari toʻxtaydi. Ammo, hayotlik chogʻidagi 3 ta amalining savobi to qiyomatgacha kesilmaydi. Bular – joriy sadaqa, yaʼni musulmonlarga doimiy foyda berib turadigan xayrli ishlar, misol uchun koʻprik qurish, quduq yoki ariq qazib suv keltirish kabi), manfaat olinadigan ilm, xaqqiga duo qiladigan solih farzand qoldirishdir. Shu boisdan ham ajdodlarimiz el-yurtni obod etib, odamlarning uzogʻini yaqin qiladigan koʻpriklar qurishga alohida eʼtibor berishgan.

Asriy anʼanalarimizga sodiq hamyurtlarimizning ayni kunlarda amalga oshirayotgan solih amallari ham barchamizni quvontiradi.

Amudaryo tumanining Arnaboʻyi mahallasida istiqomat qiluvchi oddiy dehqon Haytimbat Tajiyev va ayoli Gulora opalar uch oʻgʻilni, qizlarini uyli-joyli qilishdi. Hozir ular 9 nafar nevaraning bobo-buvisi. 70 yosh ostonasida ham tinib-tinchib, boshqalarday rohatda oʻtirish oʻrniga doimiy kasbi – dehqonchilik bilan shugʻullanishadi. Farzandlari bilan ahillikda yetishtirgan sarxil meva, sabzavotlarini birinchilardan boʻlib bozorga olib chiqishadi, topganlariga qanoat qilib, shukrona aytib yashashadi.

Mahalla hududidan oʻtuvchi Mangʻit arna kanali ustiga qurilgan koʻprik yaroqsiz holga kelib, transport vositalari oʻta olmayotgan, nosoz koʻprik piyodalar uchun ham xavf tugʻdirayotgani ularni anchadan beri oʻylantirib kelayotgan edi.

Shu yilning yoz fasli avvalida Haytimbat Tajiyev va ayoli maslahatlashib, yaxshi niyat bilan haj safariga borishga gʻamlagan mablagʻiga koʻprik qurishga kelishdilar va tez orada harakatni boshladilar.

Mahallaning Oʻzbegim va Xoʻjakent koʻchalarini bogʻlab turadigan ushbu koʻprikdan oʻquvchilar 27-sonli maktabga, mahalla erkaklari namoz ibodatini ado etish uchun masjidga, koʻpchilik yoshlar ishga, tuman markaziga borish uchun har kuni takror-takror oʻtadilar. Shuning uchun ham Haytimbat Tajiyevning koʻprik qurish haqidagi qaroridan xursand boʻlib, yeng shimarib hasharga keladiganlar ham kun sayin koʻpaydi.

Tashabbuskor otaxon hech kimdan yordam soʻramadi. Biroq mahalla faollari, yoshlari yoz taftini pisand qilmay, koʻprik qurilishida jon-jahdlari bilan mehnat qilishdi. “Xonsaroy” qurilish tashkiloti, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, tuman uy-joy qurilish boshqarmasi, “Temir-beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbarlari ham qurilishga imkon qadar hissa qoʻshdilar.

Oʻtgan ikki yarim oy ichida kanal ustiga zamonaviy uslubda koʻrkam va mustahkam koʻprik bunyod etildi.

Joriy yilgi Mustaqillik kuni Arnaboʻyi mahallasi ahli uchun qoʻshaloq bayram boʻldi. Haytimbat Tajiyev koʻprikning uzoq yillar xalqimizga xizmat qilinishini tilab, qoʻy soʻyib, elga osh berdi. Mahalladoshlari ham Haytimbat Tajiyevga, unga koʻmakdosh boʻlgan barcha fuqarolarga buningdek ezgu ishni amalga oshirganlari uchun ulkan minnatdorchilik bildirdilar, ehsoni qabul boʻlishini tilab duo qildilar.

Piyodalar uchun ham, transport vositalari haydovchilari uchun ham qulay, koʻrkam va mustahkam koʻprik barcha mahalla ahlini quvontirdi. Bu koʻprik shunchaki bir yangi inshoot emas, azaliy anʼanalarimizning, oʻzbekona tantilikning, chin moʻʼminlikning ifodasidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026