01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:51
Jamiyat 👁 240

Respublika ishchi guruhi tumanimizga tashrif buyurdi

Respublika ishchi guruhi tumanimizga tashrif buyurdi

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish maqsadida joylarda ishchi guruhlar tashkil qilingan edi. Ishchi guruhlar hududlarda boʻlib, muammo va takliflarni oʻrganadi hamda dastur loyihasini tayyorlaydi.

10-sentyabr kuni tumanimizga Respublika ishchi guruhi aʼzolari − Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo Vaziri oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida tashkil qilingan shtab rahbari Badriddin Abidov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Baxitjan Xabibullayev va boshqa masʼullar tashrif buyurdi.

Dastlab, ishchi guruh vakillari Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻinida boʻlib, aholi hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan suhbatlashdi.

Shundan soʻng, tuman hokimligi binosida mahalla raislari, hokim yordamchilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda, “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da mamlakatimiz boʻylab amalga oshirilayotgan ezgu ishlar zamirida eng avvalo, inson manfaati mujassam ekanligi, shu nuqtai nazardan odamlarning dardini eshitish, muammolarini hal etish, yashash sharoitini yaxshilash, bir soʻz bilan aytganda ularning oʻtayotgan har bir kunidan rozi boʻlib yashashlari uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish borasida koʻplab ijobiy ishlar olib borilayotganligi taʼkidlandi.

Jumladan, “Inson qadri uchun” ezgu tamoyili asosida ishlarni tashkil etish boʻyicha uy-joy, maktab, bogʻcha, tibbiyot, madaniyat, sport muassasalari ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr, gaz taʼminoti hamda obodonlashtirish masalalari bilan bogʻliq ishlar tezkor va yuqori surʼatlarda amalga oshirilayotganligi, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, xususan, aholi kayfiyatiga bevosita taʼsir koʻrastuvchi eng dolzarb muammolarni oʻrganish orqali 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish maqsad qilinganligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, Dastur doirasida ishlar boshlanganidan soʻng unga kiritilgan obʼektlarda qurilish, taʼmirlash ishlarining borishi joyiga chiqqan holda nazorat qilish va muvofiqlashtirish respublika shtabi tomonidan amalga oshirilishi taʼkidlandi. Yigʻilishda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish lozimligiga alohida urgʻu berildi.

 Shuningdek, “Aholi kayfiyatiga bevosita taʼsir koʻrastuvchi eng dolzarb muammolarni oʻrganish orqali 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi”da uy-joylar, maktab, bogʻcha, tibbiyot muassasalari, mahalla binosi, ichki yoʻllar, ichimlik suvi, elektr, gaz taʼminoti kabi masalalariga alohida eʼtibor qaratilishi aytib oʻtildi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan har qanday islohot eng avvalo, inson uchundir. Maqsad − aholi farovonligini taʼminlash, yashash sharoitini yaxshilash, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratib berishdir.

 Mazkur ishlarni tashkil etishda, mahallalarda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilarning aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, muammolarini, takliflarini oʻrganishi, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyatga egadir.

Yigʻilishda mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash, qambagʻallikni qisqartirish, ishsizlikka barham berish maqsadida har bir mahallaga tayinlangan hokim yordamchilarining ish faoliyatida eʼtibor qaratishlari lozim boʻlgan muhim vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Hokim yordamchilari ham oʻz navbatida oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026