01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:32
Jamiyat 👁 263

Xotin-qizlar faollari bilan matbuot anjumani oʻtkazildi

Xotin-qizlar faollari bilan matbuot anjumani oʻtkazildi

15-sentyabr kuni tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan “Hududda xotin-qizlarning ijtimoiy hayotda faolligini oshirish, ularning kasb-hunar egallashi va bandligini taʼminlash, sogʻlom ona va sogʻlom bola kontseptsiyasini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tuman Ichki ishlar boʻlimining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori Inobat Oʻrazmatova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetova hamda tumandagi 49 ta ovul va mahallalarning xotin-qizlar faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Anjumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarga koʻrsatilayotgan yordam turlari, jinoyatchilikning oldini olish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Taʼkidlanganidek, shu kungacha 3-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 3 810 nafar xotin-qizlarning 3 537 nafariga yordamlar koʻrsatilib, shundan uy-joyga muhtoj 86 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 11 nafari mahalliy byudjet va homiylik hisobidan uy-joy bilan taʼminlandi va 20 nafarning ijara pullari kompensatsiya sifatida toʻlab berildi.

Shuningdek, 115 nafar ehtiyojmand xotin-qizlardan 8 nafarining uy-joyi xomiylik hisobidan taʼmirlandi va 46 nafar ayollarning uylarida taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Anjumanda xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, bandligini taʼminlash, jamiyatdagi nufuzini oshirish eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi va bu borada tumanda amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi.

Qayd etilishicha joriy yilning 8 oyi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz 1 208 nafar ehtiyojmand xotin-qizlardan 1 196 nafarining bandligi taʼminlandi. 907 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 805 nafariga “Ayollar jamgʻarmasi” tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida bir martalik moddiy yordamlar koʻrsatildi.

Undan tashqari, ayollarning oʻz tomorqasidan unumli foydalanishlari uchun 70 nafar ayol-qizga hududdagi fermerlar biriktirilib, fermer xoʻjaliklari raxbarlari tamonidan homiylik yordamlari sifatida bugʻdoy, un, yogʻ, parranda va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Anjumanda ayol-qizlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida tuman Ichki ishlar boʻlimining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori Inobat Oʻrazmatovaning axboroti tinglandi.

Axborotda joriy yilning 8 oyi davomida tumandagi ayollar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar hamda ularni yuzaga keltirgan sabablar xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishda mahallalarda tashkil etilgan “Oqila ayollar harakati” aʼzolari faol boʻlishlari lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Anjuman yakunida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026