01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:48
Jamiyat 👁 344

YaRAShUV INSTITUTINING AHAMIYaTI

YaRAShUV INSTITUTINING AHAMIYaTI

Jamiyat hayotining barcha jabhalarida izchil amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar zamirida fuqarolar manfaatini himoya qilish, shaʼni va qadr-qimmatini ulugʻlash hamda erkin va farovon turmushini taʼminlash kabi oliyjanob maqsadlar mujassamdir. Islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad inson omili ekan, bugungi kunda milliy qonunchiligimizdan mustahkam oʻrin olgan yarashuv instituti toʻgʻrisida alohida toʻxtalish lozim boʻladi.

Hayot sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan bu amaliyot endilikda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlarda ham keng qoʻllanilmoqda. Bunga 2021-yil 4-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi”ga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonuni huquqiy asos boʻladi. Unga koʻra yarashganligi munosabati bilan shaxsni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish asoslari “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 21-2-moddalarida belgilab qoʻyildi. Yanada aniqroq aytganda, 12 turdagi maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, sud uni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilib ishni tugatishi mumkin.

Ushbu norma Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 40-, 41-, 45-, 46-, 46/1-, 52-, 104-, 133-, 134-, 183-, 200-moddalaridagi nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar boʻyicha yarashuv shartlari bajarilgan hollarda tatbiq etilishi mumkin.

Eslatish joizki, ushbu huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Ilgari birinchi marta huqquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz vaqtida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplagan, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan hamda jabrlanuvchi bilan yarashgan taqdirda ham maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish tartibi qonunchilikda mavjud emas edi.

Lekin huquqni qoʻllash amaliyotida er-xotin, qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshni, tanish-bilish va hamkasblar oʻrtasida kelishmovchilik roʻy bergandan soʻng oʻzaro yarashib, zararlar qoplanib, oʻrtalarida adovat qolmagan holatlar tez-tez uchrab turar, aksariyat hollarda taraflar yarashgan boʻlsa ham huquqbuzarlar maʼmuriy jazoga tortilar edi. Tabiiyki, bu yaqin insonlar orasida adovat davom etishiga, ularning munosabatlariga sovuqlik tushishiga sabab boʻlardi.
Endilikda qonunchilikda yarashuv institutining joriy etilishi natijasida bu kabi salbiy oqibatlarning oldi olinadi.

Jasurbek Urazbayev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026