30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:05
Jamiyat 👁 159

TOTUVLIK TAFTIDAN FAYZLI XONADON

TOTUVLIK TAFTIDAN FAYZLI XONADON

Qipchoq shaharchasining Chinor koʻchasida shunday xonadon bor: turli millatlardan tarkib topgan boʻlsa-da oralarida mehr-oqibat, oʻzaro hurmat, mustahkam ogʻzibirchilik tufayli hududda obroʻ-eʼtibor qozongan. Oila sohibi Aytjon Musayev asli qipchoq-lik, 1930-yilda dunyoga  kelgan. Shu yerdagi 11-sonli maktabning 9-sinfini tamomlagach, Xoʻjaylidagi pedagogika bilim yurtida tahsil olgan.

Umr boʻyi oʻqituvchilik qilgan otaxonning  taʼlimini yodda tutib, turli sohalarda yetuk mutaxassis boʻlib yetishib, elda eʼtiborli boʻlgan shogirdlari koʻp. Tumanimiz xalq taʼlimini oyoqqa turgʻizishda, rivojlantirishda fidoyilik bi-lan mehnat qilgan jonkuyar mu-rabbiyning vafot etganiga oʻttiz yildan ziyod vaqt oʻtgan boʻlsa-da, qipchoqliklar hamon yodlarida saqlashadi.

U tibbiyot xodimi, oʻzbek qizi Pa-rida Allamberganova bilan oila qurib, uch oʻgʻil, uch qizni voyaga yet-kazib, hammasini ilmli qildi. Xidirboy, Abay, Alisher, Sapar-gullar oʻqituvchi, Orzigul tibbiyot xodimi, Omongul esa tadbirkor. Turmush oʻrtogʻi vafot etgach, ulkan roʻzgʻorni Parida opaning oʻzi bosh-qardi. Kunduzi ishlab, kechalari chevarlik qilib pul topib, roʻzgʻori kamini toʻldirdi.

– Har kecha hech boʻlmaganda ikki koʻylak  tikardim. Har biridan oʻn soʻmcha pul foyda qolardi. Shu pul-larga bir qop un, qand, moy olar-dim. Oʻqituvchilarning ham, hamshi-ralarning ham oyligi u vaqtlarda harnagina edi. Qoʻl mehnatim bilan otasiga koʻmakchi boʻldim. Bolalari-mizni zoriqtirmay ulgʻaytirdik, - deydi  Parida opa oʻsha vaqtlardagi hayotini eslab. Aytishiga qaraganda, ular biri qozoq, biri oʻzbek boʻlsa-da biri-biriga koʻngil qoʻyib tur-mush qurishgan, har qancha qiyinchi-liklarni boshidan oʻtkazishsa-da, hayotdan nolimagan, barchasini birga yengishgan.

– Bevafolik qilib barcha tashvish-larni bir oʻzimga tashlab ketib qolganini (vafot etganini nazarda tutayaptilar onaxon) aytmasam, hayotligida juda totuv yashadik, is-mimni aytmay Allamberganova deb chaqirardi. Men ham u kishining otini aytib koʻrganim yoʻq.

Onaxon koʻngil qatlarida yotgan armonlari, sogʻinchini ham ana shunday kulib soʻzlaydi. Oila atalmish muqaddas qoʻrgʻonning poydevori mehr-muhabbatdan yaralsagina hayot shirin, mazmunli boʻlishini oʻz hayotida his qilgani uchun katta oʻgʻil koreys millatiga mansub qiz Tamara Xvanga koʻngil qoʻyganida qarshilik qilmadi. Ik-kinchi oʻgʻil qozoq qiziga, kenja oʻgʻil Alisher esa oʻzbek qiziga uylangan. Nevara kelinlar ham turli millat vakillari.

Parida Allamberganova ularning bariga oʻz qizlariday mehr berdi. Shu oilaga el boʻlib, palak yoyib ketishiga harakat qildi. Hozir ular ham oʻgʻil-qizlarini voyaga yetkazib, har  biri alohida oʻtovli boʻlib, nevara suyib, ulkan oila bekasiga aylanishgan.

Onaxon nevara-chevaralarining sonidan ham adashadi. Biroq huzuri-ga kelganining har biriga oʻziga xos, erkalovchi soʻzlari, tilaklari tayin.

82 yoshni qoralab, keksalik jis-miga oʻz kuchini oʻtkazgan boʻlsa-da, zahni oʻtkir, hayotidagi voqealarni xuddi hozirgiday eslaydigan, tilidan  bugungiday dorilomon kunlarga shukrona tushmaydigan, yuzlaridan nur yogʻilib turgan  ona-xon bilan suhbatlashishning oʻzi maroqli.

– Onam biz farzandlariga juda qattiq mehr bergan, kuyunchak boʻlgan. Esimda, talabaligimda oʻqishga ketar boʻlsam, yoʻlxaltamni koʻtarishib, Amudaryoning koʻprigigacha olib borishar edi. Uyda qolavering, deganimga koʻnmasdi. Hozir ham oʻzim, uch oʻgʻil nevarasi qay birimiz ishdan qaytsak, ovqat yedingmi, choy ichdingmi, deb tergab oʻtiradi, nevara kelinlar dasturxondan ertaroq qoʻlini artsa, tinchi buziladi. Xu-doga shukur, ikki kelinim ham odobli, aqlli qizlar, qizim yoʻq, derdim, qiz oʻrnini bosishayapti, –deydi Alisher Aytjonov.

Har bir goʻdak dunyoga sof, begʻubor boʻlib keladi. U ota-ona tarbiyasi ila kamolga yetadi. Tarbiya qay darajada mukammal boʻlsa, kamoli ham shunga yarasha boʻladi.

Tumanimiz xalq taʼlimi fidoyi-laridan biri Aytjon Musayevning xonadonida padari chirogʻini yoqib, onasini koʻzi qorachigʻiday avaylab oʻtirgan  oʻgʻli, 11-sonli maktab direktori oʻrinbosari, uch oʻgʻilni ham oʻziga izdosh – oʻqituvchi qilib kamolga yetkazgan Alisher Aytjonovning turli millatlar vakillaridan iborat xonadonida boʻlib, koʻrganlarimiz bari xuddi koʻpmillatli Vatanimiz kabi bagʻ-rikeng, oʻzaro totuvlikdan fayz olgandek tuyuldi bizga. Bu oila misolida xalqimizning qon-qo-niga singib ketgan millatlararo hamdoʻstlikni, yagona oila farzand-lariday inoqlikni koʻrdik.

Ilohim, ana shunday baxtiyor xo-nadonlardan tarkib topgan ona Oʻz-bekistonimizda tinchlik, osoyish-talik doimo barqaror boʻlsin.


Oygul RAJABOVA,
Mahmudjon ShOMURODOV,

“Taraqqiyot koʻzgusi” muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026