01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:11
Jamiyat 👁 272

HAR QANDAY YuTUQ FIDOYI MEHNATLAR SAMARASIDIR

HAR QANDAY YuTUQ  FIDOYI MEHNATLAR SAMARASIDIR

Koʻp asrlik tarixga ega xalqimiz hayotidan oʻrin olgan sport turlari orasida sharq yakkakurashi va oʻzbek jang sanʼatining ham nufuzi yuqori. Sohibqiron Amir Temur bobomizning harbiy yurishlardagi gʻala-basiga  asos boʻlgan omillardan biri ham lashkarlarga oʻzbek jang sanʼati chuqur oʻrgatilgani ekanligini olimlar eʼtirof etishmoqda.
Ajdodlarimizdan qolgan benazir maʼnaviy meros-oʻzbek jang sanʼati sport turi sifatida 2009-yil qayta tiklanib, oʻzbek jang sanʼati Federatsiyasi tashkil etildi.
Oʻtgan qisqa vaqt ichida mamlakatimizda oʻzbek jang sanʼati sport turi aholi, yoshlar orasida keng omma-lashdi, sohada yuksak mahorat va tajribaga, bilimga ega murabbiylar yetishib chiqdi.
Amudaryo tuman sport makta-bida ham uch nafar oʻzbek jang sanʼati murabbiylari bor. Ularning biri Qutlimurod Primmatov. U asli qilichboy-lik. 69-sonli maktabda, keyinchalik Oʻzbekiston Dav-lat jismoniy tarbiya ins-titutida oʻqidi. Oliygohni tugatib, avval oʻzi taʼlim olgan maktabida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishladi. Biroq maktab oʻquvchilariga umumiy tarzda oʻtiladigan darslar uni qoniqtirmadi. Shu bois, tu-mandagi sport maktabida oʻz ixtisosligi boʻyicha oʻzbek jang sanʼati guruhini ochib, ushbu sport turiga ixlos qoʻygan oʻsmirlarga va  yoshlarga mashgʻulotlar oʻta boshladi.
U mazkur sport turining 8 ta yoʻnalishida ham tarbiyala-nuvchilarning tanloviga koʻra mashgʻulotlar olib  borib, koʻpgina yutuqlarga erishmoqda. 8 ta yoʻnalishda ham nufuzli musobaqalarda gʻolib, sovrindor boʻlgan oʻquvchilari bor. Xususan, Shabbona Ozodova qitʼa-mizning 10 dan ziyod mamla-katlaridan 500 nafarga yaqin sportchilar qatnashgan oʻzbek jang sanʼati boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempiona-tida shaxsiy bellashuv yoʻna-lishida kuch sinashib, faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Shu yilning 23-25-avgust kunlarida Xiva shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida Qutlimurod Primmatov rahbarligidagi guruhda shugʻullanayotgan, 2009-2010-yillarda tugʻilgan qizlar jamoasi koʻrgazmali chiqish boʻyicha jamoaviy bellashuvda uchinchi oʻrinni egallashdi. Shuningdek, 2005-2006-yillar-da tugʻilgan qizlar orasida jamoaviy koʻrgazmali chiqish boʻyicha uchinchi oʻrinni egalla-gan 9 nafar sportchidan iborat Qoraqalpogʻiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi ham Qutlimurodning shogirdlari.
– Bu sport turi asli ajdod-larimizdan meros boʻlsa-da, undagi harakatlar sayqal-lanib, maʼlum tartib-qoi-dalarga solinib, qayta tiklandi va hozirgi kunda yoshlarning, oʻsmirlarning sevimli sport turiga aylan-moqda. Oʻzbek jang sanʼatini rivojlantirishga eʼtibor tobora kuchayayotganidan quvo-naman. Bu meni shogirdlarim bilan yana ham qunt bilan shugʻullanishga ruhlantiradi, – deydi Qutlimurod Primma-tov oʻz faoliyati haqida.
Uning sportning inson hayo-tidagi ahamiyati, oʻzbek jang sanʼati bilan shugʻullanish-ning yoshlar tarbiyasiga ijobiy taʼsiri haqidagi suhbatlarini tinglagan odam oʻz kasbining haqiqiy fidoyisi ekanligiga amin boʻladi. Aslida ham hech qanday yutuq oʻz-oʻzidan kelmaydi, balki intilish, mehnat, yuksak orzular roʻyobidir.
Tuman sport maktabining oʻzbek jang sanʼati murabbiy-si Qutlimurod Primmatovga kelgusi ishlarida ham muvaf-faqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026