«MEHR DAFTARI» ROʻYXATIDAGI BOLALARGA HOMIYLIK YoRDAMLARI KOʻRSATILDI
Mamlakatimizda hukumat qaroriga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Mehr daftari» tizimi joriy qilingan edi. Ushbu daftar roʻyxatiga joylarda Bolalarni himoya qilish shoʻʼbalari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muammolari oʻrganilganidan soʻng, tuman, shahar hokimi qarori asosida roʻyxatga kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining shu yil 17-yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi tomonidan ham yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar «Mehr daftari»ga kiritildi. Shoʻʼba xodimlari tomonidan mazkur daftar roʻyxatiga kiritilgan bolalarga muammolarini bartaraf etishda yaqindan koʻmaklashish maqsadida ularning yashash sharoitlari xonadonbay oʻrganilmoqda. Shunga koʻra ularga tegishli homiylik yordamlari koʻrsatilmoqda.
Shu yil 12-oktyabr kuni tuman hokimi oʻrinbosari G.Saburova va tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi rahbari J.Xolmurodovlar «Mehr daftari»ga kiritilgan T.Musinga “LENOVO” rusmli 1 dona noutbuk hamda Sh.Yangiboyevaga 1 dona tikuv mashinasini topshirishdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶