01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 11:22
Jamiyat 👁 276

VATANPARVAR YoShLARNI TARBIYaLAShDA TAShABBUSKOR TAShKILOT

VATANPARVAR YoShLARNI TARBIYaLAShDA TAShABBUSKOR TAShKILOT

Yurtimizdagi Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti oʻz faoliyati davomida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sportni ommalashtirish hamda kasbga oʻqitish bilan bir qatorda aholining ehtiyojmand qatlamini ham har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida ham bor kuch va imkoniyatini safarbar etib kelmoqda.

Tashkilotning Amudaryo tuman Kengashi oʻquv-sport texnika klubida ham joriy yilgi “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar oʻz muddatlarida, yuqori saviyada tashkil etilib, samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻquv-sport texnika klubida mehnat bozorida talab katta boʻlayotgan avtoelektrik, gaz va elektr payvandchisi, akkumulyatorchi, dvigatellarni taʼmirlovchi usta va traktorchi yoʻnalishlari boʻyicha kurslar tashkil etilgan. Mashgʻulotlar oʻtkaziladigan xonalar zamonaviy oʻqitish vositalaridan kompyuterlar, interaktiv doskalar bilan jihozlangan. Darslarni hozirgi zamon talablari asosida olib borish maqsadida sinfxonalar audio va video texnika jihozlari bilan ham taʼminlangan. Shuningdek, proyektor va televizorlar, avtotrenajyor, shahar koʻrinishidagi maketlar, yangi namunadagi qirqimli avtomobil dvigateli hamda yengil avtomobilning elektrlashtirilgan qirqimli harakatlanuvchi stendi oʻrnatilgan. Yoshlarning mukammal bilim olishlarini taʼminlash maqsadida mashgʻulotlarga oliy maʼlumotli mutaxassis oʻqituvchilar jalb etilgan.

Tashkilot tomonidan tumanimiz yoshlari bandligini taʼminlash, umuman kelajagimiz egalarining vatanparvar, yurtga sodiq, har tomonloma yetuk va barkamol boʻlib voyaga yetishiga munosib hissa qoʻshib kelinmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar “Yoshlar daftari”da turuvchilarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida Yoshlar agentligi tuman boʻlimi tavsiyasi va koʻmagi bilan 102 nafar yoshlar “V” toifali haydovchilik dasturi boʻyicha oʻqitildi va mutaxassislikka ega boʻlishiga erishildi. Undan tashqari, oʻquv kurslari mashgʻulotlarini tugatgan 250 nafari oʻquvchiga “V” toifali, 100 nafar oʻquvchiga “VS” toifali haydovchilik guvohnomalar topshirildi. Ayni paytda “V” toifa boʻyicha 25 oʻquvchi va “VS” toifa boʻyicha 75 nafar oʻquvchi mashgʻulotlarga ishtirok etmoqda. Ularga 3 nafar oliy malumotli oʻqituvchi dars mashgʻulotlarini oʻtkazib kelmoqda. Amaliy mashgʻulotlarda esa 12 nafar taʼlim ustalari oʻquvchilarga 14 ta yengil, 5 ta yuk avtomobillari yordamida boshqarishni oʻrgatishmoqda.

Oʻquv sport texnika klubida sport toʻgaraklari ham yoʻlga qoʻyilgan. Muassasada barcha qulayliklarga ega xonalarda oʻtilayotgan oʻq otish toʻgaragida tuman yoshlari muntazam shugʻullanib kelmoqda. Shuningdek, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha musobaqalari tashkil etilib, yoshlarning faol ishtirok etishlari va faxrli oʻrinlar gʻoliblari boʻlishlariga keng imkoniyat va yetarli sharoitlar yaratilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bir soʻz bilan aytilganda, “Vatanparvar” tashkilotining tuman Kengashi oʻquv-sport texnika klubi jamoasi yoshlarni Vatanni himoya qilishga tayyorlash, ular qalbida vatanparvarlik, yurtga sodiqlik, jasurlik va mardlik tuygʻularini mustahkamlash kabi sharafli vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik koʻrsatib kelmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026