01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 11:20
Jamiyat 👁 340

25-oktyabr − Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

25-oktyabr − Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Har yili mamlakatimizda 25-oktyabr − Ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.

1991-yil 25-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 270-sonli qarori asosida Oʻzbekiston SSR IIV – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga aylantirilgan edi. Qaror bilan vazirlik Nizomi va strukturasi tasdiqlandi. 2006-yil 6-dekabrda qabul qilingan qonunga muvofiq ushbu sana, yaʼni 25-oktyabr sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganiga 31-yil toʻldi. Shu munosabat bilan oʻz hayotini fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga bagʻishlab kelayotgan barcha hamkasblarimizni, tinglovchi-kursantlarni hamda muhtaram faxriylarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etaman.

Maʼlumki, Ichki ishlar organlari xodimlari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.

Tizimda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar ongida “Qonun — ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan hayotiy tamoyilni qaror toptirish boʻyicha jiddiy oʻzgarishlar joriy etilmoqda. Ushbu islohotlar natijasi oʻlaroq turli xalqaro reyting tashkilotlari jonajon yurtimizni tinch va osoyishta davlatlar qatorida koʻp bora eʼtirof etmoqda.

Tizimdagi barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalar, jumladan, profilaktika, jinoyat qidiruv, tergov, yoʻl-patrul va patrul-post xizmatlari, ekspert-kriminalistika va pasport boʻlinmalari mutlaqo yangicha mezonlar asosida qayta shakllantirilgani, xodimlar xizmat faoliyatiga xos boʻlmagan koʻplab ishlardan ozod etilgani sohada ish samaradorligini oshirishda muhim omil boʻlmoqda.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari ham samarali faoliyat yuritmoqda.

Ichki ishlar organlarining bir tizimi boʻlgan jinoyat qidiruv boʻlimi shaxsga, fuqarolarning shaxsiy mulkiga, jamoat tartibiga va xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish, payini qirqish, ularni ochish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Aytish kerakki, jamiyatda roʻy berayotgan har qanday qonunbuzilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik alomatlari aks etgan holatlarda Ichki ishlar organlari xodimlari bir-birlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda.

Shuningdek, organ xodimlari tumandagi korxona-tashkilot, boʻlim masʼullari bilan samarali tarzda hamkorlik qilib kelishmoqda. Ayniqsa, huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar oʻrtasida uchrayotgan jinoyatlarni bartaraf etish borasidagi faoliyat Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, buning natijasida tumanda jinoyatchilikning kamayishiga erishilmoqda.

Ammo, baʼzi fuqarolarning yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmasdan, tezlikni oshirgan xolda harakatlanishi tufayli yoʻl-transport xodisalari, oilaviy nizolar sababli kelib chiqqan janjallarda inson oʻlimi bilan yakun topgan ayanchli holatlar ham, afsuski uchrab turibdi.

Profilaktika inspektorlari mana shunday noxush holatlarning olidini olish maqsadida muntazam ravishda fuqarolar oʻrtasida tushuntirish-targʻibot tadbirlarini olib bormoqdalar. Tumandagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat yuritayotgan 49 nafar profilaktika inspektorlari mahalla raisining oʻrinbosari darajasiga tenglashtirilgan boʻlib, ular mahallasidagi har bir fuqaroning oilaviy sharoiti, muammolaridan muntazam ravishda xabardor boʻlib, ijobiy hal qilinishiga koʻmaklashib kelmoqdalar.

Shuningdek, profilaktika inspektorlari hududlarda jamoat tartibini saqlashda, huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olishda samarali tarzda faoliyat olib borishmoqda.

Qolaversa, mamlakatimiz tarixida ilk bor faqat ayol xodimlar ishlaydigan xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor lavozimlari joriy etilgani ham muhim ijobiy yangilik boʻldi. Bugungi kunda ular har bir fuqarolar yigʻinlarida xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda opa-singillarimizning maslahatchisi, himoyachisi va koʻmakdoshiga aylanmoqda.

Shuningdek, bilib-bilmasdan jinoyat yoʻliga kirib qolgan va jazoni oʻtayotgan fuqarolarning ijtimoiy hayotga moslashuvini, sogʻlom hayotga qaytishini taʼminlashda ham ichki ishlar organlarining oʻrni va roli tobora ortib bormoqda. Bu yoʻnalishda tashkil etilgan probatsiya xizmati mahkumlarni zarur kasb-hunarlarga oʻqitish va tayyorlash, ishga joylashtirish, ularni xususiy tadbirkorlikka jalb etish, eng asosiysi, ish beruvchilar tomonidan ularning huquq va manfaatlari taʼminlanishida yaqindan yordam koʻrsatmoqda.

Koʻpincha fuqarolarning spirtli ichimliklar ichgan, hamda asabiy holda avtomobil boshqarishi koʻplab yoʻl-transport hodisalarining sodir boʻlishiga olib kelmoqda. Afsuski, mazkur holatlar ayrim fuqarolarning hayotdan erta koʻz yumishiga olib kelmoqda. Mana shunday ayanchli holatlarning oldini olish maqsadida yoʻl-patrul xizmati xodimlari oʻz xizmat vazifasini sidqidildan bajarib kelmoqdalar.

Yoʻl-patrul xizmati xodimlari kechani kecha, kunduzni kunduz demay, haydovchilarga yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish, tezlikni oshirmaslik, odam gavjum joylarda ehtiyotkorona harakatlanish, ayniqsa, bogʻcha, maktablarga yaqin hududlarda tezlikni oshirmasdan harakatlanish, avtomobillarning texnik holati soz boʻlishi lozimligi boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlarini olib bormoqdalar.

Ichki ishlar organlari xodimlari nafaqat jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda, qolaversa, fuqarolarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishlarida ham yaqindan koʻmakchidir. Aytish kerakki, fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga asosiy sabab, koʻpincha ularning hayotida uchrayotgan maishiy muammolardir. Yaʼni, oilaviy nizolarning kelib chiqishi bandligi taʼminlanmagan er-xotinlar orasida koʻproq uchramoqda.

Mana shularni hisobga olgan holda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga qarashli 3-sektor hududida aholining murojaatlari joyida oʻrganib chiqilib, hal qilib kelinmoqda. Sektor rahbariyati tomonidan aholiga munosib turmush tarzini yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar koʻrib borilmoqda. Jumladan, 2022-yilning shu kuniga qadar fuqarolar uchun 2-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, bandlik dasturiga muvofiq 620 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.

Taʼkidlash kerakki, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda tegishli qonunlar ijrosini taʼminlab, islohotlar samaradorligini oshirishda faollik koʻrsatish har birimizning zimmamizdagi asosiy vazifadir. Bu vazifamizni sidqidildan ado etish bilan birga jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, har bir fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash orqali yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga hissa qoʻshishdek bosh maqsadimiz yoʻlida hamisha sobitqadammiz.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimizni yana bir bora 25-oktyabr − Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan tabriklayman!

J.Yusupov, Tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026