16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:27
Maqolalar 👁 261

PUShAYMONDAN AVVALROQ OʻYLANG!

  PUShAYMONDAN  AVVALROQ OʻYLANG!

Ota davlat idorasida masʼul lavozimda ishlasa-da, koʻp ichadigan oilaning bekasi ham bir kun anchagina oʻsha “zahri qotil”dan totib keldi. U bunday paytlarda doim farzandlari oldida oʻzini hushyor va tetik tutishga urinar, ichganidan biroz oʻngʻaysizlanardi. Kech kirguncha onasi yoʻlini poylab, dilgir boʻlib oʻtirgan, hali oq-qorani tanimaydigan, voyaga yetmagan oʻgʻil-qizlari onasining qorasi koʻringanidan quvonishib, oldiga peshvoz chiqishdi. Endigina besh yosh boʻlgan oʻgʻli boʻynidan mahkam quchoqlab, yuzlarini onasining yuzlariga bosdi, oʻpdi. Keyin bir zum onasiga soʻzsiz qarab turdi-da, qulogʻiga chuchuk tilda shivirladi:

– Oyijon, sizdan dadamning hidi kelayapti (zakiy mushtariyga gap nima haqdaligi maʼlum).

Ona bu voqeani qadah choʻqishtirgan koʻp davralarda kula-kula aytib yurdi.

Hozirgi vaqtlarda nainki xos, yaʼni faqat dugonalar, yaqinlar davrasida, balki toʻylarda, umum oldida ham spirtli ichimlik ichib, “joʻshib” tilak aytishlar, raqs tushishlar ayollar uchun odatdagi holga aylanib borayapti. Gunoh-u maʼsiyat hisoblanmish kishini mast qiluvchi, hushidan ayiruvchi, dinimiz harom, deya hisoblaydigan aroq ichish nega bunchalik hayotimizga chuqur kirib borayapti?

Men har gal qoʻllariga qadah ushlagan ayollarni koʻrganimda ular oilasiga, farzandlari oldiga qay yuz bilan borar ekan-a, degan savol xayolimga kelaveradi. Kayf qiluvchi ichimlik ichish musulmonga harom qilingan, biroq ichimlikni ichish endi ayollar (kechirasiz-u, baʼzan nevara koʻrgan, nuroniy yoshga yetgan onaxonlar) orasida urfga kirib borayotgani achinarli. Erkaklar mayli, ichaversin, demoqchi emasman-ku, biroq ayol bolasini emizadi, suti orqali bolasini ham oʻsha kayfdan “bahramand” etadi. Dunyoda eng mukammal, mukarram qilib yaratilgan, eng pokiza, halol neʼmatlar bilan rizqlanishga buyurilgan zot oʻzi ichayotgan aroqning oʻz vujudiga, nasli va zurriyodiga salbiy taʼsirini anglab turib, nega oʻzini bundan tiya olmas ekan-a? Axir chor-atrofimizda ichkilik tufayli mayib-majruh goʻdaklar dunyoga  kelayotgani, mastlik tufayli oilalarda urush-nizolar boʻlayotgani, bir-birovning hayotiga qasd qilishlar koʻpayayotgani, yoʻl-transport hodisalari sodir etilib, begunoh insonlar hayotdan bevaqt koʻz yumayotgani ayni haqiqat-ku.

Oʻtgan yili bir yaqinim ogʻir betob boʻlib qolib, tuman markaziy shifoxonasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi eshigida bir necha kun oʻtirdik.

Elchilik-da, bizga oʻxshab "tiq" etsa, eshikdan chiqib keladigan boʻlim xodimi keltiradigan xabarni yurak hovuchlab kutib oʻtirganlar koʻp ekan. Shunday damlarda insonning haqiqiy musulmonligi oʻzini namoyon etar ekan chogʻi, hamma biri-biriga dalda bergan, bir xoʻplam choyini yonidagi odamga tutgan... Biroq kutish xonasidagi 20-25 nafarcha odamning uy kiyimidagi yoshgina juvonni ovutishga qurbi yetmasdi. Uning 12 yashar toʻngʻich farzandi – oʻgʻlini maktabdan qaytayotganida, yoʻlning belgilangan joyidan kesib oʻtayotganida mast holatdagi haydovchi mashinasida bosib ketibdi. Bilmadim, oʻsha haydovchi kim edi? Kim boʻlsa-da, qancha-qancha odamlarning nafratiga, qargʻishiga uchradi. Bolakay komadan chiqmay vafot etdi. Bu birgina odamning mastlikda qilgan xatosiga birgina misol.

Oʻsha kutish xonasidagi juvonning ahvoli hamon koʻz oʻngimdan ketmaydi.

Kecha uni xizmatchilik yuzasidan markaziy poliklinikaga borganimda uchratib qoldim: singlisi suyab, yetaklab, yurak kasalligi doʻxtiri xonasiga olib kirib ketdi.

Bir odamning bir necha soatlik kayfi uchun bir oila qanchalar ogʻir yoʻqotishga uchragani, uning oqibati haqida aytish endi shart emasdir.

Aslida bu maqolani yozishga undagan ham oʻsha juvonning ahvoliga achinish hissi edi.

Men ham insonman, kamchiliklardan xoli emasman. Birovga unday boʻl, yo bunday yasha, deyishga haqqim yoʻq. Biroq ichkilikni xush koʻruvchilarga Umar ibn Xattob hazratlarining ushbu soʻzlarini eslatib qoʻygim keladi: “Hisob-kitob qilinmasdan oldin oʻzlaringizni sarhisob qilib olinglar, tarozuda tortilmasdan oldin amallaringizni tortib koʻringlar va hech bir amalingiz xufya qolmaydigan ulugʻ uchrashuvga tayyorlaninglar!” Xulosa esa har kimning oʻziga havola.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019