TUMAN HOKIMI GULZOR MAHALLASIDA YoShLAR BILAN UChRAShDI
Yoshlar – kelajagimiz. Ular ertamiz, yurtimiz kelajagi va millatimiz davomchilaridir. Demak, bugun yosh avlod kamoloti yoʻlida tashlangan har bir qadam farzandlarimizning porloq istiqboli va jonajon Oʻzbekistonimizning nurli kelajagi yoʻlida qoʻyilgan odimlar hisoblanadi.
Shu oʻrinda aytish lozimki, ushbu ezgu maqsadlarni roʻyobga chiqarish, yoshlar bilan tizimli ravishda ishlashish mamlakatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Ovul va mahallalar kesimida muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan “hokim va yoshlar uchrashuvi” ham ana shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Amudaryo tumanining Gulzor mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi ham shular jumlasidandir. Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tegishli korxona-tashkilot masʼullari hamda mahallaning faol yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv rasmiyatchilikdan holi ochiq tarzda boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov soʻz olib, mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor haqida aytib oʻtdi. Hamda yoshlarning har doim olgʻa intilishi, Prezidentimiz belgilab bergan yoʻldan borishi lozimligini taʼkidladi.
Shuningdek, yoshlar uchun turli sohalarda yaratilayotgan imkoniyatlar, yengilliklar haqida maʼlumot berib ularni shijoat bilan olgʻa intilishga, oʻqib bilim olishga va Vatan koriga yaraydigan munosib farzand boʻlishga daʼvat qildi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bugungi kunda turli sohalarda jonbozlik koʻrsatib, muvaffaqiyatlarga erishayotgan intiluvchan yoshlar haqida aytib oʻtdi. Shuningdek, yoshlarga ulardan oʻrnak olish, boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazib kasb-hunar oʻrganish lozimligini taʼkidladi.
Qolaversa, besh bosqichni oʻz ichiga olgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumida ham yoshlardan faol ishtirok etib Respublika miqyosida yuqori oʻrinlarni egallashlariga tilakdoshlik bildirdi.
Shundan soʻng yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan tuman hokimiga murojaat qildilar. Murojaatlar asosan bandlik, kontrakt-toʻlovining qoplab berilishi, imtiyozli kredit ajratilishi kabi masalalarda boʻldi. Murojaatlar yuzasdan tegishli korxona, tashkilot masʼullariga topshiriqlar berilib, muddatlar belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Bugun Oʻzbekistonda yuksak maʼnaviyatli avlod tarbiyalanmoqda. Bugungi yoshlarning ong-u shuuri, dunyoqarashi ham oʻzgargan. Yoshlarimiz orasida yangicha oʻylaydigan, innovatsion gʻoyalarini amalga tatbiq eta oladigan kuchlar borligi bizni quvontiradi.
Tuman hokimi yoshlarga murojaat qilib, bugun amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining barchasi yoshlar uchunligini, yoshlar oʻz ustida doimiy ishlab, hamisha yuqori marralarni zabt etishga intilishlari lozimligini taʼkidladi. Shuningdek, Oʻzbekiston kelajagi yoshlar qoʻlida ekanligi, oʻqib hunar zrgangan inson hech qachon kam boʻlmasligi va jamiyatda ham oʻz oʻrniga ega boʻlishini aytib, yoshlarga kelgusi oʻqish va ishlarida omad tiladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶